Abstract
Ushbu maqola Xolid Husayniyning “Shamol ortidan yugurib” va “Ming quyosh shu’lasi” asarlarida ezgulik va yovuzlik konseptlarining talqinini o‘rganadi. Tadqiqot jarayonida asarlardagi qahramonlar xarakteri, ularning ruhiy kechinmalari hamda ijtimoiy va urush muhiti inson taqdiriga ta’siri orqali ezgulik va yovuzlikning namoyon bo‘lish usullari yoritiladi. Shuningdek, insoniylik, vijdon, sadoqat, xiyonat, zulm va kechirim kabi tushunchalarning badiiy ifodasi qiyosiy jihatdan tadqiq etiladi. Muallif obrazlari orqali inson qalbidagi ichki kurash va ma’naviy tanlov masalalari ochib beriladi. Tadqiqotda Xolid Husayniy asarlarida ezgulikning insoniy qadriyat sifatida ulug‘lanishi, yovuzlikning esa urush, zo‘ravonlik va ijtimoiy tengsizlik oqibatida yuzaga kelishi badiiy vositalar orqali asoslanganligi qayd etiladi.
References
1. Xolid Husayniy. Shamol ortidan yugurib. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2019.
2. Xolid Husayniy. Ming quyosh shu’lasi. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2020.
3. Quronov D. Adabiyotshunoslik nazariyasi. – Toshkent: Akademnashr, 2018.
4. Yo‘ldoshev B. Badiiy matn lingvopoetikasi. – Toshkent: Fan, 2008.
5. Britannica – Xolid Husayniy haqida
6. Wikipedia – Shamol ortidan yugurib
7. Wikipedia – Ming quyosh shulasi