Abstract
Mazkur maqolada Oʻzbekiston milliy strategiyasining muhim yoʻnalishlaridan biri sifatida musiqa san’atining oʻrni tahlil qilinadi. Unda milliy musiqa merosi, xususan Shashmaqom san’atining ahamiyati, zamonaviy estrada rivoji hamda yosh avlod tarbiyasidagi roli yoritilgan. Shuningdek, musiqa orqali madaniy diplomatiya, xalqaro hamkorlik va kreativ iqtisodiyot imkoniyatlari ochib berilgan. Maqolada musiqa va milliy taraqqiyot oʻrtasidagi uzviy bogʻliqlik asoslab berilib, uning jamiyat rivojidagi ahamiyati umumlashtiriladi.