Abstract
Mazkur maqolada fransuz tilidagi turizm sohasiga oid leksik birliklarning lingvomadaniy xususiyatlari tahlil qilinadi. Turizm terminlari xalqning milliy madaniyati, urf-odatlari, mentaliteti va tarixiy qadriyatlarini aks ettiruvchi muhim til birliklari hisoblanadi. Tadqiqot davomida fransuz tilida keng qo‘llaniladigan turizmga oid so‘z va iboralarning ma’no xususiyatlari, ularning madaniy mazmuni hamda kommunikativ vazifalari o‘rganildi. Shuningdek, fransuz xalqining mehmondo‘stlik, gastronomiya, tarixiy obidalar va sayohat madaniyatiga oid qarashlari leksik birliklar orqali ifodalanishi ko‘rsatib berildi. Maqolada lingvomadaniyatshunoslik yondashuvi asosida turizm terminlarining milliy-madaniy semantikasi ochib berilgan. Tadqiqot natijalari fransuz tilini o‘qitish, tarjimashunoslik hamda turizm sohasida mutaxassislar tayyorlash jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi.
References
1. Doliyeva L. Fransuz frazeologiyasida rang va ruhiyat oppozitsiyasi // Xorijiy filologiya. – Samarqand, 2020. – №4 (77). – B. 129-135.
2. Xakimova S. Rang komponentli frazeologik birliklarning lingvamadaniy xususiyatlari // Innovatsion tadqiqotlar. – 2024. – №3(12). – B. 21–25.
3. Mamatov A. O‘zbek tili frazeologiyasi. – Toshkent: Fan, 2019.
4. Bourdieu P. La Distinction : Critique sociale du jugement. – Paris: Éditions de Minuit, 1979.
5. Dubois J. Dictionnaire de linguistique. – Paris: Larousse, 2002.
6. Rey A. Dictionnaire des expressions et locutions. – Paris: Le Robert, 2016.
7. Robert P. Le Petit Robert: Dictionnaire de la langue française. – Paris: Le Robert, 2018