Abstract
Mazkur maqola Oʻzbekistonning musiqa merosini saqlash va targʻib qilish masalalariga bagʻishlangan. Ushbu maqolada, Oʻzbek xalq musiqasining yuksak janrlari – Shashmaqom, baxshichilik sanʼati va xalq musiqasining boshqa noyob namunalari haqida so‘z boradi. Shuningdek, maqolada Oʻzbek musiqasini saqlash, rivojlantirish va dunyoga tanitishga qaratilgan xalqaro va milliy yutuqlar taqdim etiladi, jumladan, Shashmaqomning UNESCO ro‘yxatiga kiritilishi, "Sharq Taronalari" xalqaro musiqa festivali, baxshi sanʼatining rivojlanishi va xalqaro sahnalarda o‘zbek musiqachilarining muvaffaqiyatlari yoritiladi. Maqola, shuningdek, anʼanaviy musiqani zamonaviy texnologiyalar bilan uyg‘unlashtirish yo‘nalishidagi innovatsiyalarni ham qamrab oladi. Oʻzbek musiqasining global sahnalarda tanilishi va uni raqamlashtirish orqali saqlash masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.
References
1. "Xorazm baxshichiligi va musiqasi" - I. Dadajanov
2."Shashmaqom va O‘zbekistonning musiqiy merosi" - R. Parfiyev
3. "Maqom musiqasi va uning ijrosi" - Y. Shamsiyev
4. "Shashmaqom va O‘zbekistonning musiqiy merosi" - R. Parfiyev
5. "Oʻzbek musiqasi tarixi" - A. Jalilov