BOG‘CHA YOSHIDAGI BOLALARDA BUYRAK KASALLIKLARINI ERTA ANIQLASHDA PESHOB TESTI BILAN SKRINING USULI SAMARADORLIGI: ADABIYOTLAR TAHLILI
PDF

Keywords

bog‘cha yoshidagi bolalar, peshob DIP-STICK testi, proteinuriya, gematuriya, surunkali buyrak kasalliklari, skrining, siydik tahlili

Abstract

Bolalarda surunkali buyrak kasalliklari (SBK) butun dunyoda dolzarb tibbiy muammolardan biri hisoblanadi. Ko‘plab nefrologik kasalliklar dastlab klinik belgilarsiz kechib, faqat siydikdagi patologik o‘zgarishlar — proteinuriya, gematuriya yoki leykotsituriya orqali namoyon bo‘ladi [1]. Shu sababli buyrak kasalliklarini erta bosqichda aniqlash muhim ahamiyatga ega. Peshob DIP-STICK testi tezkor, arzon, invaziv bo‘lmagan va ommaviy skrining uchun qulay usul hisoblanadi [1] [2]. Ushbu adabiyotlar tahlilida bog‘cha yoshidagi bolalarda buyrak kasalliklarini erta aniqlashda peshob DIP-STICK skriningining ahamiyati, uning diagnostik imkoniyatlari, afzalliklari, cheklovlari hamda zamonaviy yondashuvlar yoritilgan. Tahlil qilingan tadqiqotlar DIP-STICK test yordamida asimptomatik siydik o‘zgarishlarini erta aniqlash mumkinligini ko‘rsatadi. Biroq yolg‘on musbat natijalar va tranzitor proteinuriya kabi holatlar skrining natijalarini baholashda ehtiyotkorlikni talab qiladi. Qator tadqiqotlarda ikki bosqichli skrining yondashuvi — takroriy DIP-STICK tekshiruv va miqdoriy peshob tahlili — yuqori diagnostik samaradorlikka ega ekani ta’kidlangan. Bog‘cha yoshidagi bolalarda skrining o‘tkazish siydik yig‘ish va natijalarni interpretatsiya qilish bilan bog‘liq qator xususiyatlarga ega. Shu bilan birga, peshob DIP-STICK skriningi pediatriya amaliyotida buyrak kasalliklarini erta aniqlashning istiqbolli usullaridan biri bo‘lib qolmoqda.

PDF

References

[1] B. a. K. G. (. U. i. C. a. A. D. Ä. i. 1. 6.-6. Utsch, «Urinalysis in Children and Adolescents,» Deutsches Ärzteblatt international, № 111, pp. 617-626, 2014.

[2] N. I. f. H. a. C. E. (NICE), Evidance reviews for accuracy of reagent strips for detecting protein and blood in urine in children and young people with CKD, NICE, 2021.

[3] A. A.A., «Screening for urine abnormalities among preschool children in western Saudi Arabia,» Saudi Medical Journal , № 12 , pp. 1477-81, 2014.

[4] W. A. Leung AK, « Proteinuria in children,» Am Fam Physician, т. 82, № 6, pp. 645-51, 2010.

[5] S. DL., W. L., H. CS., W. MD. и P. IM., «A cost-effectiveness analysis of screening urine dipsticks in well-child care,» Pediatrics, т. 125, № 4, pp. 660-3, 2010.

[6] D. J. и J. MS., «Urine collection methods and dipstick testing in non-toilet-trained children,» Pediatr Nephrol., т. 36, № 7, pp. 1697-1708, 2021.

[7] W. P., W. M., W. I., C. J. и K. J., «Rapid tests and urine sampling techniques for the diagnosis of urinary tract infection (UTI) in children under five years: a systematic review,» BMC Pediatr., т. 5, № 1, p. 4, 2005.

[8] D. T. B. D. N. P. T. S. F. T. M. J. F. R. A. Dang le NN, «Epidemiological urinalysis of children from kindergartens of Can Gio, Ho Chi Minh City - Vietnam,» BMC Pediatr, p. 183, 2013.