Abstract
Ushbu maqolada davlat ahamiyatidagi avtomobil yoʻllarining aholi yashash hududlaridan oʻtgan qismlarida yuzaga kelayotgan transport shovqinining ekologik va ijtimoiy ta’siri tadqiq etilgan. Tadqiqot davomida avtomobil oqimi intensivligi, ogʻir yuk transportlari ulushi, yoʻl qoplamasi sifati va urbanizatsiya darajasi transport shovqinining shakllanishidagi asosiy omillar sifatida baholangan. Maqolada Oʻzbekiston sharoitida yoʻl bo‘yidagi turar joylarda akustik xavfsizlikni ta’minlashning zamonaviy mexanizmlari ishlab chiqilgan hamda shovqinni kamaytirishning innovatsion usullari taklif etilgan. Tadqiqot natijalariga asoslanib, davlat ahamiyatidagi avtomobil yoʻllarini loyihalash va rekonstruksiya qilishda akustik monitoring tizimlarini joriy etish zarurligi asoslab berilgan.
References
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-sonli “2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 sentyabrdagi PQ-300-sonli “O‘zbekiston — 2030 strategiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
3. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi ma’lumotlari.
4. O‘zbekiston Respublikasi “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi Qonuni.
5. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (WHO). Environmental Noise Guidelines for the European Region.
6. Avtomobil yo‘llari ilmiy-tadqiqot instituti ma’lumotlari va normativ hujjatlari.
7. Transport vazirligi va yo‘l infratuzilmasiga oid rasmiy statistik ma’lumotlar.
8. Porter M. Infrastructure and Competitive Development. — New York, 2020.
9. Urban transport and environmental sustainability studies. — London, 2021.
10. Akustik ekologiya va transport xavfsizligi bo‘yicha xalqaro ilmiy tadqiqotlar to‘plami. — Berlin, 2022.
11. GOST 20444-2014. “Shovqin. Transport oqimi. Shovqin tavsifini o‘lchash uslublari”.
12. GOST17187-2010 (IES61672-2002). Shumomerlar uchun davlat standarti.
13. Toshkent viloyatida transport shovqinini eksperimental tadqiq etish bo‘yicha ilmiy ma’lumotlar.