BUGUNGI YOSHLAR TARBIYASI ABDULLA QAHHOR MEROSINING O’RNI
PDF

Keywords

Abdulla Qahhor, yoshlar tarbiyasi, o‘zbek adabiyoti, axloqiy qadriyatlar, milliy o‘zlik, adabiy meros, tarbiya, tanqidiy fikrlash, madaniy ong, ijtimoiy mas’uliyat.

Abstract

Ushbu maqolada Abdulla Qahhor adabiy merosining bugungi yoshlarning ma’naviy-axloqiy, intellektual va estetik tarbiyasida tutgan o‘rni o‘rganiladi. Qahhor ijodida o‘zbek adabiyotining ko‘zga ko‘ringan namoyandalaridan biri sifatida chuqur insoniy qadriyatlar, ijtimoiy adolat, halollik, o‘z ifodasini topgan bo‘lib, ular zamonaviy jamiyatda ham dolzarbligicha qolmoqda. Maqolada uning hikoya, ocherk va satirik asarlari yoshlar dunyoqarashini shakllantirish, mustaqil fikrlashga, milliy o‘zlikni anglash va madaniy ongni tarbiyalashga qanday hissa qo‘shayotgani tahlil qilingan. O‘quvchilar o‘rtasida axloqiy xulq-atvor, vatanparvarlik, ijtimoiy mas’uliyatni shakllantirishda uning qahramonlari va mavzularining tarbiyaviy salohiyatiga alohida e’tibor qaratilgan. Shuningdek, maqolada Qahhor asarlarini zamonaviy ta’lim amaliyotiga singdirish adabiy qadriyatni oshirish va ma’naviy tarbiyani kuchaytirish muhimligi ta’kidlangan.

PDF

References

Abdulla Qahhor. Tanlangan asarlar. – Toshkent: G‘afur G‘ulom, 1987.

2. Boboyev T. Adabiyotshunoslik asoslari. – T.: O‘zbekiston, 2002.

3. Abdurahmonov G‘., Mamajonov S. O‘zbek tili va adabiyoti. – T.: O‘zbekiston, 2003.

4. Yo‘ldoshev Q. Adabiyot nazariyasi. – T.: 2010.

5. Sharipov A. O‘zbek adabiyoti tarixi. – T.: 2005.

6. Usmonov B. Badiiy adabiyot va tarbiya. – T.: 2012.

7. Karimov I. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: 2008.

8. O‘zbek filologiyasi darsligi. – Universitet nashri.