Abstract
Ushbu maqolada XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Turkistonda yuz bergan jadidchilik harakatining maorif tizimidagi islohotlari hamda ularning mustamlakachilikka qarshi kurashdagi strategik ahamiyati tadqiq etiladi. Maqolada yangi usul maktablarining tashkil etilishi shunchaki ta’limiy yangilanish emas, balki chor Rossiyasining ruslashtirish va ma’naviy qaramlik siyosatiga qarshi qaratilgan intellektual isyon ekanligi asoslab beriladi. Shuningdek, ona tilining nufuzini tiklash, xotin-qizlar ta’limini yo‘lga qo‘yish hamda “Ko‘mak” tashkiloti orqali milliy kadrlarni xorijda o‘qitish harakatlarining milliy mustaqillik g‘oyasini shakllantirishdagi o‘rni tahlil qilinadi.
References
1. Sharipov R. Turkiston jadidchilik harakati tarixidan. – Toshkent: O‘qituvchi, 2002.
2. Sodiqov H, Shamsutdinov R, Ravshanov P, Usmonov Q. Turkiston Chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida. – Toshkent: Sharq, 2000. – 260 b
3. Nomozova K. Jadidchilik: muammolar, islohotlar va qarashlar. – Toshkent: Turon-iqbol, 2010.
4. Mas’ul muharrir: D. A. Alimova. Jadidchilik: islohot, yangilanish, mustaqillik uchun kurash (ilmiy maqolalar to‘plami) – Toshkent : Universitet, 1999.
5. Irzayev B. Turkiston jadidlarining “Ko‘mak” tashkiloti. – Toshkent: “Toshkent islom universtiteti”, 2016.