Abstract
Maqolada Samarqand viloyatida chakana savdo xizmatlarini rivojlantirishning innovatsion va tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari ilmiy-amaliy jihatdan asoslandi. Tadqiqotda turistik-savdo klasterlarini shakllantirish, elektron savdo platformalarini integratsiya qilish, vending va omnikanal savdo formatlarini kengaytirish, xizmat sifatidagi bo‘shliqlarni qisqartirish hamda chakana savdo korxonalari raqobatbardoshligini integral baholash yo‘nalishlari tahlil qilindi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, Samarqand viloyatida chakana savdo xizmatlari alohida savdo obyektlari yig‘indisi sifatida emas, balki turizm, logistika, raqamli to‘lovlar, mahalliy ishlab chiqarish va iste’molchi tajribasi bilan bog‘langan yagona boshqaruv konturi sifatida rivojlantirilishi lozim. Maqolada “klaster + raqamli platforma + integral baholash + davlat-xususiy sheriklik” kombinatsiyasiga asoslangan model taklif qilindi.
References
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son “2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-sentabrdagi PF-6318-son “Xizmatlar sohasini qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-sentabrdagi PF-5813-son “Savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidagi hisob-kitoblar tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda ushbu sohada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-iyundagi PQ-5136-son “Ko‘chma savdo faoliyatiga axborot texnologiyalarini joriy etish va savdo avtomati orqali chakana savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori.
5. Samarqand viloyati statistika boshqarmasi. Samarqand viloyatida xizmatlar sohasining rivojlanishi. 2023-yil yanvar–iyun, dastlabki ma’lumotlar.
6. Axatov N.Y. Samarqand viloyatida chakana savdo xizmatlari sohasini rivojlantirishning asosiy yo‘llari. Magistrlik dissertatsiyasi. Oriental universiteti, Toshkent, 2026.
7. Sultanova N.U. Chakana savdo xizmatlari sohasida korxonalar raqobatbardoshligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi. PhD dissertatsiyasi avtoreferati. Samarqand, 2024.
8. O‘rinov Y.M. Chakana savdo korxonalarida xizmatlar sifatini baholash tizimini takomillashtirish. PhD dissertatsiyasi avtoreferati. Samarqand, 2024.
9. Abdug‘aniyev O.A., Normurodov U. Samarqand viloyatida savdo xizmatlarini rivojlantirish istiqbollari. Journal of Marketing, Business and Management, 2022.