OʻZBEKISTONDA YURIDIK SHAXSLARNI TUGATISH TOʻGʻRISIDAGI QONUNCHILIKNING RIVOJLANISH BOSQICHLARI
PDF

Keywords

yuridik shaxs, tugatish, bankrotlik, toʻlovga qobiliyatsizlik, Fuqarolik kodeksi, normativ-huquqiy hujjat, tadbirkorlik subyekti, moliyaviy hisobot, balans, raqamlashtirish, “yagona darcha”, kreditorlar, oraliq tugatish balansi, iqtisodiy islohotlar.

Abstract

Mazkur maqolamizda Oʻzbekistonda yuridik shaxslarni tugatish toʻgʻrisidagi qonunchilikning rivojlanish bosqichlari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda mustaqillik yillaridan boshlab yuridik shaxslarni tugatish institutining shakllanishi, kodifikatsiya qilinishi, soddalashtirilishi hamda raqamlashtirish bosqichlariga oʻtish jarayoni yoritilgan. Shuningdek, Fuqarolik kodeksi, “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar asosida “bankrotlik” hamda “toʻlovga qobiliyatsizlik” tushunchalarining nazariy mazmuni ochib beriladi. Statistik maʼlumotlar tahlili asosida respublikada yuridik shaxslarni tugatish jarayonlarining zamonaviy tendensiyalari, faoliyat yuritmayotgan korxonalar ulushi hamda tugatish dinamikasi oʻrganilgan. Tadqiqot natijalariga koʻra, yuridik shaxslarni tugatish jarayonini takomillashtirish, buxgalteriya hisobi metodologiyasini modernizatsiya qilish hamda tugatish bosqichlarida moliyaviy hisobotlarni tuzish bo‘yicha alohida uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish zarurligi asoslab beriladi.

PDF

References

1. Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi. – Toshkent, 1996.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida” (OʻRQ-763-son), 2022-yil 12-aprel.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi ma’lumotlari: yuridik shaxslarni tugatish bo‘yicha statistik tahlillar.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlik subyektlarini tugatish tartibini takomillashtirishga oid farmon va qarorlari (2015–hozirgacha).

5. “NORMA” axborot-huquqiy portali materiallari: yuridik shaxslarni tugatish va bankrotlik bo‘yicha sharhlar.

6. Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi statistik hisobotlari (2023-yil).

7. Zotova M.V. Bankrotlik instituti va uning iqtisodiy mohiyati bo‘yicha ilmiy qarashlar.

8. Dusaeva E.V., Kurmanova A.X. Korxonalar bankrotligi jarayonida axborot ta’minoti masalalari.

9. Chalenko R.V. “Bankrotlik” va “to‘lovga layoqatsizlik” tushunchalarining iqtisodiy-huquqiy tahlili.

10. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (amaldagi tahrir).