Abstract
Ekologik muammolar kuchayib borayotgan davrda insonlar ongida ekologik madaniyatni shakllantirishning muhim omillaridan biri sifatida diniy qadriyatlarimizni o‘rnak qilib ko‘rsatishimiz mumkin. Xususan, Islom ta’limotida tabiatga va barcha tirik organizmlarga bo‘lgan yaxshi munosabat, resurslardan faqat zarurat yuzasidan oqilona tarzda foydalanish va shu yo‘l orqali yuzaga keladigan isrofgarchilikni oldini olish va ekologik muvozanatni saqlashga doir qarashlar mavjudligi, buning yorqin misoli hisoblanadi. Bir qancha tadqiqotlar davomida ekologik madaniyatning tarkibiy qismlari, uni shakllantirish mexanizmlari hamda diniy-axloqiy qadriyatlarning ushbu jarayonga ta’siri o‘rganilgan va shu tadqiqotlar asosida ijobiy natijalar qayd etilganligi barchamizga ma’lum hisoblanadi. Zamonaviy jamiyatda ekologik tarbiya tizimiga diniy yondashuvni integratsiya qilishning nazariy va amaliy jihatlari katta, hamda uning turizmga bo‘lgan estetik ta’siri va bu orqali mamlakat iqtisodiyotiga qo‘shadigan hissasi ham yuqori. Maqolada ekoturizm va ziyorat turizmi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik hamda ekologik muammolarni kamaytirishda diniy-axloqiy yondashuvning roli yoritilgan.
References
1. Abdunazarov L.M.
https://herald.kokanduni.uz/index.php/public_html/article/view/1318
2. United Nations World Tourism Organization
https://www.unwto.org/religious-tourism
3. United Nations Environment Programme
https://www.unep.org/resources/report/global-waste-management-outlook
4. Kim, J., & Kim, M. (2023). Pro-environmental behavior of religious tourists: The role
of religious values and environmental awareness.