Abstract
Maqolada sovet hokimiyati davrida amalga oshirilgan “madaniy inqilob” siyosati doirasida O‘zbekistonda teatr va sahna san’atining rivojlanish jarayonlari tahlil qilinadi. Xususan, 1920–1930-yillarda madaniyat va san’at sohasini mafkuraviy jihatdan nazorat qilish, teatr repertuarlarini siyosiy maqsadlarga mos ravishda shakllantirish, ijodkorlar faoliyatini partiyaviylik prinsiplari asosida boshqarish masalalari yoritiladi. Shuningdek, arxiv manbalari asosida teatr jamoalarining tashkiliy tuzilishi, moddiy ahvoli, repertuar siyosati hamda teatrlarning jamiyatdagi targ‘ibot-tashviqot vazifalari tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari sovet madaniy siyosati milliy teatr san’ati taraqqiyotiga bir vaqtning o‘zida ham ta’sir ko‘rsatgani, hamda uni mafkuraviy qoliplarga solganini ko‘rsatadi.