TUPROQ MEXANIK XOSSALARIGA LAZERLI TEKISLASH TEXNOLOGIYASINING TA’SIRINI O‘RGANISH
PDF

Keywords

lazerli tekislash, o‘tloqi alluvial tuproqlar, mexanik tarkib, granulometrik tarkib, tuproq zarrachalari, tuproq fizik xossalari, tuproq strukturasi.

Abstract

Mazkur maqolada zamonaviy lazerli tekislash texnologiyasining o‘tloqi alluvial tuproqlarning mexanik (granulometrik) tarkibiga ta’siri o‘rganilgan. Tadqiqotlar Xorazm viloyati Xonqa tumani sharoitida olib borilgan dala tajribalari asosida amalga oshirildi. Tajriba jarayonida lazerli va an’anaviy usulda tekislangan maydonlarda tuproqning mexanik tarkibi, ya’ni turli fraksiyalarning (qum, chang va loy zarrachalari) taqsimlanish xususiyatlari solishtirildi.

Olingan natijalar shuni ko‘rsatdiki, lazerli tekislash texnologiyasi tuproq qatlamlarida zarrachalarning qayta taqsimlanishiga ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatib, uning granulometrik tarkibining nisbatan barqarorlashishiga xizmat qiladi. Bu esa o‘z navbatida tuproqning fizik xossalari, xususan suv-fizik rejimi va agrotexnik ko‘rsatkichlarining yaxshilanishiga ijobiy ta’sir etadi.

PDF

References

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktabrdagi PF-5853-son Farmoni. “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020–2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasi to‘g‘risida.”

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-avgustdagi PQ-4803-son Qarori. “Qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida.”

3. L. Tursunov. Tuproq fizikasi. – Toshkent: Fan, 1988.