Abstract
Ushbu maqolada “FSMU” texnologiyasining tarix fanini o‘qitish jarayonida qo‘llanish usullari va uning pedagogik samaradorligi o‘rganilgan. FSMU texnologiyasi (fikr, sabab, misol, umumlashtirish) tarixiy ma’lumotlarni tizimli o‘rganish, talabalarning mustaqil fikrlash va tanqidiy tafakkur qobiliyatini rivojlantirishga xizmat qiluvchi innovatsion pedagogik yondashuv sifatida taqdim etiladi. Tadqiqotda FSMU texnologiyasining dars rejalari va interfaol mashg‘ulotlar orqali qo‘llanilishi, o‘quv jarayonidagi motivatsiyani oshirish va talabalar bilimini baholashdagi imkoniyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada tarix fanini o‘qitishda FSMU texnologiyasidan foydalanish orqali o‘quv jarayonining samaradorligini oshirish, bilimni chuqurroq egallash va o‘quvchilarni mustaqil izlanishga yo‘naltirish kabi pedagogik afzalliklari ko‘rsatib berilgan. Maqola ilmiy-amaliy tavsiyalarni ham o‘z ichiga oladi va tarix fanini o‘qitishda interfaol va innovatsion metodlarni tatbiq etishga qaratilgan.
References
1. https://doi.org/10.5281/zenodo.18874651
2. B. Madarimov. Musiqa o‘qitish texnologiyalari va loyihalash. – Toshkent, 2020
3. R. Ishmuhamedov. Innovatsion texnologiyalar yordamida ta’lim samaradorligini oshirish yo‘llari. – Toshkent. Nizomiy nomidagi TDPU, 2005
4. J. Yuldoshev, S. Usmonov . Pedagogik texnologiya asoslari. -Toshkent, 2001
5. U. Tolipov, M. Usmonboeva . Pedagogik texnologiyalarning tatbikiy asoslari. – Toshkent, 2006