Abstract
Maqolada summativ baholash jarayonida o'quvchilarning kritik fikrlashini rivojlantirishga xizmat qiluvchi topshiriqlar tizimini takomillashtirishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Amaldagi baholash amaliyotida ko'p hollarda tayyor javobni tanlash, faktni eslab aytish yoki andozaviy yechimni takrorlashga yo'naltirilgan topshiriqlar ustunligi sababli tahlil qilish, dalillash, solishtirish, xulosalash va muqobil qaror ishlab chiqish kabi intellektual amallar yetarli darajada namoyon bo'lmayotgani asoslab beriladi. Shu munosabat bilan summativ topshiriqlarni mazmun, kognitiv murakkablik, mezon, baholash shkalasi hamda natijani talqin qilish mexanizmi jihatidan qayta qurish zarurligi ko'rsatiladi. Muallif tomonidan vaziyatli tahlil, dalilga tayangan javob, xatoni aniqlash, ma'lumotni izohlash, pozitsiyani asoslash va refleksiv yakun chiqarishga yo'naltirilgan topshiriqlar bloklari taklif etiladi. Mazkur yondashuv summativ baholashning nazorat funksiyasini saqlagan holda uni kompetensiyaviy rivojlanishga xizmat qiladigan didaktik vositaga aylantirish imkonini beradi.
References
Brookhart, S. M. How to Assess Higher-Order Thinking Skills in Your Classroom. Alexandria, VA: ASCD, 2010.
2. Black, P., Wiliam, D. Assessment and Classroom Learning // Assessment in Education: Principles, Policy & Practice. 1998. Vol. 5. No. 1. P. 7-74. DOI: 10.1080/0969595980050102.
3. Nitko, A. J., Brookhart, S. M. Educational Assessment of Students. 6th ed. Boston, MA: Pearson, 2011.
4. Minkina, F. F. Kriticheskoe myshlenie uchashchikhsya i pedagogicheskie sposoby ego formirovaniya: na materiale obshchestvovedcheskogo kursa: dis. ... kand. ped. nauk. Kazan, 2000.
5. Zair-Bek, S. I., Mushtavinskaya, I. V. Razvitie kriticheskogo myshleniya na uroke: posobie dlya uchiteley obshcheobrazovatel'nykh uchrezhdeniy. 2-e izd., dorab. Moscow: Prosveshchenie, 2011.
6. Solodikhina, M. V. Kriticheskoe myshlenie v vysshem estestvennonauchnom obrazovanii: opredelenie i soderzhanie ponyatiya: monografiya. Moscow: MPGU, 2022. DOI: 10.31862/9785426310650.