Abstract
Ushbu maqolada kompyuter tizimlari va tarmoqlarida axborotni himoyalash hamda kiberxavfsizlik sohasiga oid asosiy tushunchalar keng yoritilgan. Dastlab kiberxavfsizlikka turli manbalarda berilgan ta ‘riflar, xususan CSEC2017 Joint Task Force hamda Cisco kompaniyasi izohlarining mazmuni tahlil qilingan. Kiberxavfsizlikning shakllanish tarixi, uning texnik, tashkiliy va inson omillari bilan bogʻliq jihatlari hamda zamonaviy sharoitda raqamli hujumlarning koʻpayib borishi natijasida muhofaza choralarini qoʻllashning murakkablashuvi ochib berilgan. Maqolada konfidensiallik, yaxlitlik, foydalanuvchanlik kabi axborot xavfsizligining asosiy tamoyillari mazmunan tushuntirilgan, ularning amaliy ssenariylarda namoyon boʻlishi misollar orqali koʻrsatib berilgan. Shuningdek, risk, tahdid, zaiflik, boshqarish vositasi kabi xavfsizlikning fundamental atamalari oʻzaro bogʻliqlikda tahlil qilinib, axborot resurslarini himoyalashda ular muhim oʻrin tutishi asoslab berilgan. Maqola kiberxavfsizlikning nazariy asoslarini, amaliy jihatlarini hamda axborot tizimlari barqarorligini ta ‘minlashda zarur boʻlgan tushunchalar majmuasini chuqur yoritishga qaratilgan.
References
1. CSEC2017 Joint Task Force. Curriculum Guidelines for Undergraduate Degree Programs in Cybersecurity. ACM, IEEE, 2017.
2. Cisco Systems. Cisco Cybersecurity Fundamentals. Cisco Press, 2020.
3. Stallings, W. Computer Security: Principles and Practice. Pearson, 2021.
4. Pfleeger, C., & Pfleeger, S. Security in Computing. Prentice Hall, 2015.
5. ISO/IEC 27001:2022. Information Security, Cybersecurity and Privacy Protection — Requirements. ISO, 2022.
6. Shon Harris. CISSP All-in-One Exam Guide. McGraw-Hill, 2019.
7. Anderson, Ross. Security Engineering: A Guide to Building Dependable Distributed Systems. Wiley, 2020.
8. Bishop, M. Introduction to Computer Security. Addison-Wesley, 2018.
9. NIST SP 800-30. Guide for Conducting Risk Assessments. National Institute of Standards and Technology, 2012.
10. NIST SP 800-53. Security and Privacy Controls for Information Systems and Organizations. NIST, 2020.