Abstract
Ushbu maqola orqali uzoq yillar mobaynida kun tartibiga aylangan va muhokamalarga sabab bo’layotgan masala - ekologiya sohasiga oid o’z yechimini topmagan muammolar hamda ularni hal etish bo’yicha amalga oshirilgan sa’y-harakatlar xususida so’z yuritiladi. Ma’lumki, bugungi kunda ekologik muammolar butun dunyoda dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Iqlim o’zgarishi, tabiiy resurslarning kamayishi, havoning ifloslanishi va suv tanqisligi kabi muammolar insoniyatning barqaror rivojlanishida jiddiy ta’sir ko’rsatmoqda. Shu sababli ko’plab davlatlar ekologik barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan siyosatni ustuvor vazifa sifatida belgilamoqda. Yangi O’zbekistonda ham atrof -muhitni muhofaza qilish va “yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirish davlat siyosatining muhim yo’nalishidan biri hisoblanadi. Shu asosda, 2026-yilda qabul qilingan davlat dasturlarida ekologiyani yaxshilash, yashil hududlarni kengaytirish, suv energiya resurslarini tejash kabi masalalar ustuvor vazifa sifatida belgilangan. Mazkur vazifalar va rejalarning amalga oshirilishi hamda ularning ta’siri va samarasi to’g’risida ma’lumotlar atroflicha tahlil qilinib, o’rganilib chiqildi.
References
1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 01.05.2023
2. O’zbekiston Respublikasi Prezident Murojaatnomasi 2025.12.26 https://president.uz/oz/lists/view/8834
3. Salimov O.A., Tlektesova J.M., Raxmonqulova Sh.M. “Ishlab chiqarish va qayta ishlashning innovatsion texnologiyalarini rivojlanishi sharoitida ilm-fan va soha korxonalarining integratsiyasi”. Jurnal 2025 y.
4. “Shaharsozlik to’g’risida”gi qonun
5. O.T. Husanov “Konstitutsiyaviy huquq” 199-b.
6. Darslik “Davlat va huquq asoslari” 2024-y. 175-180 b.
7. https://uz.wikipedia.org/wiki/Butunjahon_atrof-muhitni_himoyalash_kuni