IJTIMOIY MEDIALAR IJTIMOIY MA’LUMOTLARNING MUHIM KANALLARI SIFATIDA
PDF

Keywords

ijtimoiy media, axborot tarqatish, misinformatsiya, disinformatsiya, faktcheking, axborot xavfsizligi, O‘zbekiston.

Abstract

Ushbu maqolada zamonaviy jamiyatda ijtimoiy medialarning axborot tarqatishdagi o‘rni va ularning jamoatchilik fikrining shakllanishiga ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqot doirasida ijtimoiy media platformalarining O‘zbekiston kontekstidagi rivojlanish dinamikasi, axborot tarqalish mexanizmlari hamda foydalanuvchi faolligining xususiyatlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, maqolada noto‘g‘ri axborotlar (misinformation, disinformation, malinformation) muammosi, ularning kelib chiqish sabablari va jamiyatga ta’siri ilmiy yondashuvlar asosida yoritilgan. Maqolada O‘zbekiston misolida real voqealar va statistik ma’lumotlar asosida ijtimoiy tarmoqlarning ijtimoiy jarayonlarga ta’siri ochib berilgan.

Tadqiqot natijasida ijtimoiy medialarning axborot tarqatishdagi ahamiyati bilan bir qatorda, undagi axborot ishonchliligi muammosi ham dolzarb ekani aniqlanadi. Shu asosda axborot xavfsizligini ta’minlash va media savodxonlikni oshirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

PDF

References

1. Council of Europe. Information Disorder: Toward an interdisciplinary framework for research and policy making. — 2017.

2. DataReportal. Digital 2024: Uzbekistan. — 2024. — URL: https://datareportal.com/reports/digital-2024-uzbekistan

3. Faktlar.uz. Feyk xabarlarni tekshirish bo‘yicha materiallar. — 2023.

4. Global Web Index. Uzbekistan Digital Behavior Report. — 2023.

5. Katz E., Blumler J. G., Gurevitch M. Uses and Gratifications Research // Public Opinion Quarterly. — 1973.

6. McCombs M., Shaw D. The Agenda-Setting Function of Mass Media // Public Opinion Quarterly. — 1972.

7. Meta Platforms Inc. Advertising Audience Insights. — 2024.

8. Pariser E. The Filter Bubble: What the Internet Is Hiding from You. — New York: Penguin Press, 2011.

9. We Are Social, Hootsuite. Global Digital Report 2024. — 2024.