Abstract
Ushbu maqolada Buxoro viloyati misolida tadbirkorlik subyektlarining eksport salohiyatini oshirishning ustuvor yo‘nalishlari tahlil qilingan. Tadqiqot jarayonida hududning tashqi savdo ko‘rsatkichlari, eksport hajmi va uning tarkibiy tuzilmasi 2020–2025-yillar kesimida statistik ma’lumotlar asosida o‘rganildi. Tahlillar natijasida eksport hajmi o‘sish tendensiyasiga ega bo‘lsa-da, uning samaradorligi va diversifikatsiya darajasi yetarli emasligi aniqlangan. Xususan, eksport tarkibida yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlar ulushi pastligi hamda “boshqalar” guruhining yuqori ulushi eksport faoliyatining yetarli darajada ixtisoslashmaganligini ko‘rsatadi. Shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining eksport faoliyatida infratuzilmaviy, moliyaviy va institutsional muammolar mavjudligi aniqlangan. Tadqiqot natijalari asosida eksport salohiyatini oshirishning ustuvor yo‘nalishlari sifatida ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish, yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlar ulushini kengaytirish, logistika infratuzilmasini rivojlantirish, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish hamda raqamli texnologiyalardan foydalanishni kengaytirish taklif etilgan.
References
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni. “Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida”. 2000-yil 26-may, 77-II-son. Toshkent. Elektron manba: https://lex.uz/docs/-67345
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. “2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”. PF-60-son, 2022-yil 28-yanvar. Elektron manba: https://lex.uz/docs/5841063
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori. “Eksport faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish to‘g‘risida”. PQ-5184-son, 13.07.2021. Elektron manba: https://lex.uz/uz/docs/5510356
4. OECD. Trade Policy and Regional Development. Paris: OECD Publishing, 2021.
5. UNCTAD. Trade and Development Report 2022. Geneva: United Nations, 2022.
6. World Bank. World Development Report 2021: Data for Better Lives. Washington, DC, 2021.