Abstract
Mazkur maqolada qovun mahsulotini qayta ishlashning asosiy yo‘nalishlari, texnologik usullari hamda ularning iqtisodiy va amaliy samaradorligi yoritilgan. Qovun O‘zbekiston, xususan Xorazm, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo va boshqa hududlarda keng yetishtiriladigan poliz ekinlaridan biri bo‘lib, uning hosilini faqat yangi holatda iste’mol qilish emas, balki sanoat usulida qayta ishlash orqali mahsulotning saqlanish muddatini uzaytirish, oziqaviy qiymatini saqlab qolish va qo‘shimcha daromad olish mumkin. Maqolada qovunni quritish, sharbat va nektar tayyorlash, murabbo, jem, pyure, qandolat mahsulotlari, qovun qoqisi hamda konservalangan mahsulotlarga aylantirish usullari tahlil qilingan. Shuningdek, qayta ishlashning iqtisodiy samaradorligi, chiqindilarni kamaytirishdagi roli va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashdagi ahamiyati yoritib berilgan.
References
Kitoblar:
1. Abdurahmonov, M. (2018). Poliz ekinlari seleksiyasi va yetishtirish agrotexnikasi. Toshkent: Fan nashriyoti.
2. Karimov, A., va boshq. (2019). O‘zbekiston sharoitida poliz ekinlari hosildorligini oshirish yo‘llari. Toshkent: Fan nashriyoti.
3. Хайдаров, Ш. (2015). Бахчачилик асослари. Тошкент: Ўзбекистон Фанлар Академияси.
Jurnallar:
4. Qodirov, A., & Jo‘rayev, I. (2020). O‘zbekiston sharoitida qovun yetishtirishning zamonaviy texnologiyalari. Agrar fanlar jurnali, 3(2), 45-51.
5. Rasulov, B. (2016). Xorazm viloyatida poliz ekinlarining hosildorligini oshirish usullari. Urganch davlat universiteti ilmiy axboroti, 2(1), 66-72.
6. Turdaliev, O. (2022). Poliz ekinlarini ekish sxemalarining hosildorlikka ta’siri. Qishloq xo‘jaligi innovatsiyalari jurnali, 4(3), 73-78.
Elektron saytlar:
7. FAO (2021). Melon production and cultivation practices. Rome: Food and Agriculture Organization