Abstract
Maqolada bozor va uning aholi ijtimoiy va iqtisodiy hayotidagi ahamiyati, bozorlarda informatsiyaning roli va uning turli guruhlar nuqtai nazarida baholanishi haqida fikr yuritiladi. Bozorda ma’lumotning turi va talab-taklif munosabatlari ham yoritilgan bo’lib, dala tadqiqoti so’rovnomalarida xaridorning mahsulotga bo’lgan talabini o’rganish natijasilari e’lon qilindi. Shuningdek, bozor ishtirokchilari bo’lgan savdogarlar, xaridorlar, dallol yoki vositachilar va boshqa ishtirokchilar ham bo’lib, ularning bozorga qanday ta’siri va savdoning o’sishi yoki tushishiga munosabatlari turli dalillar bilan keltirilgan. Jumladan, savdogarlar savdo bilan shug’ullanuvchi ijtimoiy tabaqa bo’lib, ular tovarlarni o’z iste’moli uchun emas, balki uni sotib foyda olish maqsadida xarid qiladi, ishlab chiqaruvchi (yoki tovar egasi) bilan iste’molchi o’rtasida vositachilik vazifasini bajaradi. Xaridor esa, tovarlar va xizmatlardan foydalanuvchi, sotib oluvchi, buyurtma beruvchi yoki sotib olish yoki buyurtma berish niyatida bo’lgan yuridik va jismoniy shaxsdir. Savdogar va xaridorlar ham turli xil ko’rinishlarda namoyon bo’ladi va ular bir qancha klassifikatsiyalarga bo’linadi.
References
1. Ashirov A. Sharq bozorlarining o’ziga xos xususiyatlari haqida ba’zi mulohazalar // O’zbekiston urbanistik madaniyati. Xalqaro ilmiy konferentsiya materiallari. – Toshkent, 2003. –B.145. ; B.Bobojonov. Shaxrisabzning tarixiy bozorlari va savdo-iqtisodiy munosabatlari // Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2023. № 5. 1343-1351-betlar.
2. Bobobekov A. XX asrda O‘zbekiston tog‘li tumanlarida etnoiqtisodiy jarayonlar (Sangzor – Zomin mintaqasi misolida). Etnografiya, etnologiya va antropologiya ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya. Toshkent, 2021. – B. 198.
3. Geertz C. Suq: The Bazaar Economy in Sefrou. 1979. — 229.p
4. Theodore C. Bestor. Tsukiji: The Fish Market at the Center of the World. University of California Press, Berkeley, - 2004. P. 439.
5. https://islom.uz/view/dallollik
6. Geertz C. The Bazaar Economy: Information and Search in Peasant Marketing.//The American Economic Review, Vol. 68, № 2.1978. P. 67-68.
7. https://uz.wiktionary.org/wiki/makler
8. Plattner S. Markets and Marketing // Monographs in Economic Anthropology, 1985. № 4. Society for Economic Anthropology, University Press of America, Lanham, MD. – P. 171
9. Clinton Amos, Gary R. Holmes, and William C. Keneson: A meta-analysis of consumer impulse buying.// Journal of Retailing and Consumer Services. Band 21, N@ 2, März 2014, S. 86-97.
10. Oхунжонова Ш. 1991-2020 йилларда Тошкент бозорларидаги ўзгаришлар тарихи. Тарих фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) диссертацияси автореферати. Фарғона, – 2022. – Б. 20.