O’ZBEK TILIDA “SHAFQAT” KONSEPTINING IFODALANISH XUSUSIYATLARI
PDF

Keywords

shafqat konsepti, lingvokulturologiya, konseptual tahlil, semantik maydon, milliy mentalitet, mehr, rahm, muruvvat, insonparvarlik, paremiologik birliklar, frazeologizmlar, badiiy matn, Qurʼoni Karim, Hadis.

Abstract

Mazkur maqolada o‘zbek tilida shafqat konseptining lingvokulturologik va semantik xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda shafqat tushunchasining lug‘aviy, frazeologik hamda paremiologik birliklarda ifodalanishi, uning milliy-madaniy qadriyatlar bilan uzviy bog‘liqligi ochib beriladi. Shuningdek, konseptning badiiy matnlardagi aks etishi Alisher Navoiy, Abdulla Qodiriy kabi adiblar ijodi misolida yoritiladi.

Maqolada shafqat konsepti “rahm”, “mehr”, “muruvvat”, “insonparvarlik” kabi yaqin ma’noli birliklar bilan semantik munosabatda ko‘rib chiqilib, uning nutqiy voqelanishi va pragmatik vazifalari aniqlanadi. Konseptning diniy-ma’rifiy manbalarda, xususan, Qurʼoni Karim va Hadis matnlarida ifodalanish xususiyatlari ham tahlil doirasiga kiritiladi.

PDF

References

Maslova V. A. Lingvokulturologiya : ucheb. posobie dlya stud. vyssh. ucheb. zavedeniy. – M. : Akademiya, 2001. – 208 s.

2. Karasik V. I. Yazykovoy krug: lichnost', kontsepty, diskurs. – Volgograd : Peremena, 2002. – 477 s.

3. Stepanov Yu. S. Konstanty: slovar' russkoy kul'tury. – M. : Akademicheskiy proekt, 2004. – 992 s.

4. Wierzbicka A. Semantics: Primes and Universals. – Oxford : Oxford University Press, 1996. – 500 p.

5. Navoiy A. Mahbub ul-qulub. – Toshkent : G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1983. – 256 b.

6. Qodiriy A. O‘tkan kunlar. – Toshkent : Sharq nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2005. – 400 b.

7. O‘zbek tilining izohli lug‘ati : 5 jildlik. – Toshkent : O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2006–2008.

8. Qurʼoni Karim. – Toshkent : Movarounnahr, 2001. – 604 b.

9. Hadis : Al-jome’ as-sahih (Imom Buxoriy). – Toshkent : Sharq, 1997. – 3 jild.

10. Rahmatullayev Sh. O‘zbek tilining izohli frazeologik lug‘ati. – Toshkent : O‘qituvchi, 1978. – 320 b.