Abstract
Ushbu mavzuda axborotlarni kodlashning to’g’ri, teskari, to’ldiruvchi va modifikatsiyalashgan usullari ko’rib chiqilgan. Har bir kod turli axborotlarni saqlash, uzatish va himoya qilishda alohida ahamiyatga ega bo’lib, ularning funksiyalari va qo’llanilish sohalari batafsil yoritilgan. To’g’ri kodlar ma’lumot uzatishdagi xatoliklarni aniqlash va tuzatishga, teskari kodlar ma’lumotni akslantirishga, to’ldiruvchi kodlar esa ma’lumotni standart formaga keltirishga xizmat qiladi. Modifikatsiyalashgan kodlar xavfsizlikni kuchaytirish va samaradorlikni oshirish uchun ishlatiladi.