Abstract
Ushbu maqolada Surxondaryo viloyati iqtisodiyotining drayver sohasi hisoblangan agrosanoat, logistika va xizmat ko‘rsatish tarmoqlarida biznes jarayonlarini avtomatlashtirishning strategik ahamiyati tadqiq etilgan. Tadqiqot davomida viloyat korxonalarida raqamli infratuzilmaning joriy holati, jumladan, ishlab chiqarishni raqamli boshqarish, elektron tijorat platformalarining integratsiyasi va transchegaraviy savdo jarayonlarini axborotlashtirish darajasi tahlil qilingan. Maqolaning asosiy yangiligi shundaki, unda Surxondaryoning geografik joylahuvi va iqlimiy xususiyatlarini inobatga olgan holda, raqamli infratuzilma samaradorligini baholashning "Hududiy raqamli indeks" metodologiyasi taklif etilgan. Ushbu model doirasida an’anaviy iqtisodiy ko‘rsatkichlar (ROI, TCO) bilan birga, "Aqlli agrosanoat" tizimlarining resurs tejash koeffitsienti va eksport operatsiyalari vaqtini qisqartirish darajasi kabi sifat ko‘rsatkichlari integratsiyalashgan holda hisoblangan.
References
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. "Raqamli O‘zbekiston — 2030" strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida. PF-6079-son. 05.10.2020 y. lex.uz/docs/5031048
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori. "Respublikaning hudud, soha va tarmoqlarida raqamli texnologiyalar joriy etilishini yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida". PQ-286-son, 16.09.2025 y. lex.uz/uz/docs/-7730357
3. Hammer M., Champy J. Reengineering the Corporation: A Manifesto for Business Revolution. – Harper Business, 2009.
4. Davenport T.H. Process Innovation: Reengineering Work through Information Technology. – Harvard Business Press, 2013.
5. Gulyamov S.S. va boshqalar. Raqamli iqtisodiyotda blokcheyn texnologiyalari. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent: TMI, 2019. – 396 b. TDIU kutubxonasi
6. Abdullaev A.M. Iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida biznes jarayonlarini boshqarish: Nazariya va amaliyot. Monografiya. – Toshkent: "Fan", 2021. – 210 b
7. Statistika agentligi. Surxondaryo viloyati ijtimoiy-iqtisodiy ko'rsatkichlari (2024). stat.uz