KICHIK BIZNES MAXSULOTLARINI EKSPORT QILISH IMKONIYATLARI
PDF

Keywords

Tashqi savdo, kichik biznes, mikrofirmalar eksport salohiyati, tovar va xizmatlar eksporti, kichik korxonalar, mahalliy eksport qiluvchi korxonalar, tovar va xizmatlar eksporti, tarkibni diversifikatsiyalash, ixtisoslashtirilgan.

Abstract

Mazkur ilmiy ishda kichik biznes sub’ektlarining mahsulotlarini tashqi bozorlarga eksport qilish imkoniyatlari tahlil qilingan. Iqtisodiyotning muhim tarkibiy qismi bo‘lgan kichik biznes nafaqat ichki bozorni mahsulot va xizmatlar bilan ta’minlaydi, balki mamlakat eksport salohiyatini oshirishda ham muhim o‘rin tutadi.

Tadqiqotda kichik biznesning eksport faoliyatiga ta’sir etuvchi omillar — moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, xalqaro standartlarga mos sertifikatlash tizimlari, logistika infratuzilmasi va raqamli savdo platformalaridan foydalanish imkoniyatlari o‘rganilgan. Shu bilan birga, kichik biznes mahsulotlarini eksport qilishda duch kelinayotgan asosiy muammolar — moliyalashtirish manbalari yetishmasligi, sifat standartlari bo‘yicha talablar, marketing ma’lumotlarining cheklanganligi va tashqi bozorlar haqida xabardorlikning past darajada ekanligi ko‘rsatib o‘tilgan.

Muallif tomonidan kichik biznesning eksport salohiyatini rivojlantirish uchun qator takliflar ishlab chiqilgan: davlat tomonidan eksport subsidiyalarini kengaytirish, eksport markazlarini tashkil etish, tadbirkorlarga xalqaro marketing bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar berish va elektron tijorat platformalaridan samarali foydalanishni ta’minlash.

PDF

References

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksport faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori. – Toshkent: Prezident devoni, 2023 y.

2.O‘zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish to‘g‘risida”gi Qonuni. – Toshkent: 2022 y.

3.Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari. – https://stat.uz

4.O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi: “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish strategiyasi – 2030”. – Toshkent, 2023 y.

4.Abdullaev A. “O‘zbekistonda kichik biznesning eksport salohiyatini oshirish yo‘llari”. // Iqtisodiyot va innovatsiyalar jurnali, №4, 2022.

5.Karimov B. Small Business Export Development in Emerging Economies: Uzbekistan Case Study. – Tashkent: Economic Review Press, 2023.

6.Rahmonov D. “Kichik biznesning tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini oshirish omillari”. // Tadqiqot va innovatsiya elektron jurnali, №6, 2024.