Abstract
Ushbu maqolada Shavkat Rahmon ijodining ijtimoiy-falsafiy yo‘nalishi, ayniqsa “Jangda olgan emas biror bahodir” she’ri asosida bahodir obrazi va xiyonat motivining badiiy talqini tahlil qilinadi. She’rda bahodirlarning jang maydonida emas, balki xiyonat, adolatsizlik va tarixiy zulm tufayli halok bo‘lishi haqidagi g‘oya XX asr o‘zbek ziyolilari — jadidlar taqdiri bilan qiyoslanadi. Shuningdek, shoirning shu ruhdagi “Yashamog‘im zarur…” satrlari orqali haqiqat uchun kurash, vaqtning qadriga yetish, milliy vijdon oldidagi mas’uliyat kabi g‘oyalar poetik jihatdan sharhlanadi. Mazkur ikki she’r o‘rtasidagi mazmuniy bog‘liqlik — bahodirlarning halokati va ularning orzusini davom ettiruvchi avlodning mas’uliyati — badiiy konsepsiya sifatida asoslab berilgan. Maqola Shavkat Rahmon poetikasida milliy ongning uyg‘onishi, ma’rifatparvarlik ruhining davomiyligi va tarixiy xotiraning aks etish usullarini ochib beradi.
References
Karimov. Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch. Ma’naviyat,T.: 2008. B.176.
2. Оʻzbekistоn Respublikаsi Prezidenti Sh.M.Mirziyоyevning 2017-yil 24-mаydаgi PQ-2995-sоn “Qаdimiy yоzmа mаnbаlаrni sаqlаsh, tаdqiq vа tаrgʻib qilish tizimini yаnаdа tаkоmillаshtirish chоrа-tаdbirlаri tоʻgʻrisidа”gi Qаrоri.
3. Shavkat Rahmon. Gullayotgan tosh.She’rlar.— T.:Yosh gvardiya,1985.—64 b.
4. Shavkat Rahmon. Rangin lahzalar.She’rlar. —T.:Adabiyot va san’at nashriyoti,1978—72 b.
5. To‘xliyеv B. Adabiyot o‘qitish mеtodikasi. – T.: Yangi asr avlodi, 2006.
6. Nusrat Rahmat. Jadid. – Toshken: Noshirlik yog‘dusi, 2020. – 296 b.
7. Mahmudxo‘ja Behbudiy. A’molimiz yoinki murodimiz // Oyina.
8. Салим Ашур. Ўзгараётган бадиий тафаккур// Ёзувчи, 1997. 30 июль.