Abstract
Mazkur maqolada zamonaviy o‘zbek adabiyotining yorqin namoyandalaridan biri Shahodat Isaxonovaning “Sovchilar” hikoyasi ilmiy-nazariy va badiiy jihatdan chuqur tahlil qilinadi. Asarda o‘zbek xalqining asrlar davomida shakllangan sovchilik marosimi badiiy voqelik sifatida yoritilib, undagi an’anaviylik masalasi asosiy tadqiqot obyekti sifatida o‘rganiladi. Hikoyada tarixiylik emas, balki milliy mentalitet, oilaviy qadriyatlar va ijtimoiy munosabatlarni belgilovchi an’anaviy qarashlar ustuvor ekanligi asoslab beriladi. Tadqiqot davomida asarning g‘oyaviy yo‘nalishi, obrazlar tizimi, badiiy ifoda vositalari va tarbiyaviy ahamiyati keng yoritildi. Maqola natijalari adabiyotshunoslik, adabiyot ta’limi hamda milliy qadriyatlarni targ‘ib etish jarayonida amaliy ahamiyat kasb etadi.
References
Isaxonova Sh. Sovchilar. — Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot, 2018.
2. Karimov N. O‘zbek adabiyotida milliylik va an’anaviylik muammolari. — Toshkent: Ma’naviyat, 2014.
3. Yo‘ldoshev Q. Badiiy asar tahlili va talqin masalalari. — Toshkent: Fan, 2016.
4. Rasulov A. Zamonaviy o‘zbek nasri: muammolar va izlanishlar. — Toshkent: O‘qituvchi, 2017.
5. Umarov B. Adabiyotshunoslik terminlari lug‘ati. — Toshkent: Fan, 2015.