Abstract
Yosh bokschilarning ringdagi harakat samaradorligi ularning vizuomotor reaksiya tezligi, diqqatni boshqarish va qaror qabul qilish jarayonlari bilan chambarchas bog‘liq. Mazkur maqolada neyropedagogik yondashuvlar asosida reaksiya tezligini oshirish mexanizmlari, kognitiv yuklamalarning sportchining harakat aniqligiga ta’siri, shuningdek, sensor ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonlarini jadallashtirish bo‘yicha ilmiy izlanishlar tahlil qilinadi. Tadqiqot metodlari sifatida kuzatish, funksional harakat tahlili, tezkor vizual stimullar bilan mashg‘ulotlar va o‘quvchilar reaktsiya vaqtini raqamli vositalar yordamida o‘lchash usullari qo‘llanildi. Olingan natijalar neyropedagogik mashg‘ulot komplekslari yosh bokschilarda qaror qabul qilish tezligini oshirishga ijobiy ta’sir qilishini ko‘rsatdi.
References
1. Karimov A. Sport psixologiyasi asoslari. – Toshkent, 2020. – 188 b.
2. Rasulov T. Jismoniy tayyorgarlikda kognitiv jarayonlar. – Toshkent, 2021. – 164 b.
3. Xaitov B. Yosh sportchilarda sensor rivojlanish mexanizmlari. – Samarqand, 2019. – 132 b.
4. Usmonxo‘jayev R. Sport trenirovkasida neyropedagogik yondashuvlar. – Buxoro, 2022. – 140 b.
5. Романов В.И. Нейрофизиология спорта. – Москва, 2018. – 210 с