O’ZBEKISTON FARMASEVTIKA BOZORIDA KAPSULA DORI SHAKLLARINI TUTGAN O’RNI.
PDF

Keywords

kapsula dori shakllari, jelatin kapsulalar, jenerik preparatlar, original preparatlar, bozor ulushi, dori vositalari assortimenti.

Abstract

Mazkur ilmiy ishda O‘zbekiston farmasevtika bozorida kapsula dori shakllarining ulushi, ahamiyati va rivojlanish tendensiyalari tahlil qilingan. Tadqiqotda kapsula shaklidagi dori vositalarining afzalliklari — biologik o‘zlashtirilishi yuqoriligi,  dozalashning aniqligi, bemor uchun qulayligi hamda texnologik ishlab chiqarish jarayonining soddaligi — bozor talabining ortishiga sabab bo‘layotgani ko‘rsatib berilgan. Respublika bozorida mahalliy va import kapsula preparatlarining nisbati, asosiy terapevtik guruhlardagi kapsula shakllari ulushi, shuningdek, ularning iqtisodiy samaradorligi tahlil etilgan. So‘nggi yillarda mahalliy farmasevtika korxonalarida kapsula ishlab chiqarish texnologiyalarini modernizatsiya qilish, gelatin va HPMC kapsula qobig‘i ishlab chiqarish yo‘nalishining kengayishi, generik kapsula preparatlari ulushining oshishi kabi jarayonlar bozorning muhim tarkibiy o‘zgarishlari sifatida ko‘rsatib o‘tilgan. Tadqiqot natijalari O‘zbekiston farmasevtika sanoatida kapsula dori shakllarining istiqbolda yanada kengayib borishi, import o‘rnini bosish va eksport salohiyatini oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilishini tasdiqlaydi.

PDF

References

Bekmuradov, A., & Karimova, D. (2022). O‘zbekiston farmasevtika sanoatining rivojlanish istiqbollari. Tashkent: Innovatsion rivojlanish nashriyoti.

2. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi. (2023). Dori vositalari davlat reestri. Toshkent.

3. European Medicines Agency. (2021). Guideline on the quality of oral dosage forms. EMA Publications.

4. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi. (2022). Farmasevtika klasterlarini rivojlantirish bo‘yicha tahliliy hisobot. Toshkent.

5. Qodirov, B., & Usmonova, S. (2021). O‘zbekiston dorixona bozorida generik preparatlar ulushi va tendensiyalari. Farmatsiya jurnali, 5(2), 33–38.