BUXORO TEATRI MISOLIDA O‘ZBEK VA TOJIK TEATRLARI O‘RTASIDAGI IJODIY ALOQALAR SHAKLLANISHIDA HOMID MAHMUDOVNING O‘RNI
PDF

Keywords

Buxoro teatri, Homid Mahmudov, o‘zbek teatri, tojik teatri, ijodiy hamkorlik, teatrlararo aloqalar, sahna madaniyati, dramaturgiya, gastrol, Markaziy Osiyo madaniyati.

Abstract

Maqolada Buxoro teatri misolida o‘zbek va tojik teatrlari o‘rtasidagi ijodiy aloqalarning shakllanishi tahlil etiladi. Tadqiqotda Buxoro teatrining bu jarayondagi o‘rni hamda Homid Mahmudovning ikki xalq teatrini bog‘lovchi shaxs sifatidagi faoliyati yoritilgan. U Buxoro sahnasida shakllangan tajribani Dushanbega olib o‘tib, 1929-yilda Tojikistonning birinchi professional teatriga asos solgan. Shuningdek, maqolada XX asrda kechgan teatrlararo gastrollar, dramaturgiya almashinuvi va sahna uslublarining yaqinlashuvi madaniy hamkorlikning muhim omili sifatida tahlil qilinadi.

PDF

References

1. Rahmonov M. О‘zbek teatri tarixi. T., “Fan” nashriyoti, 1968.

2. Нурджанов Н. Тажикский театр. – Москва.: Искуство, 1968.

3. Jalol Ikromiy. Tojik drama san’atining namoyishi // Buxoro haqiqati. – 1945 y. 30 iyun № 121 (2042).

4. Aminov A. Teatr – san’at mavzusida “Sebsiz qiz” // Buxoro haqiqati. – 1948 y. 28 iyul № 158

5. Murodjon Xalil. Iste’dod va haqqoniy kulgi // Buxoro haqiqati. – 1961 y. 20 iyun № 1842

6. Qodirov M. О‘zbek teatri an’analari.–T.: G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’ati nashriyoti, 1976.