Abstract
Ushbu maqolada inson organizmida fermentlarning bajaradigan muhim biologik funksiyalari yoritib berilgan. Fermentlar yoki fermentativ oqsillar turli biokimyoviy reaksiyalarni tezlashtiruvchi katalizatorlar bo‘lib, ular hazm jarayonidan tortib hujayra energetikasigacha bo‘lgan ko‘plab hayotiy muhim jarayonlarda ishtirok etadi. Maqolada fermentlarning klassifikatsiyasi, tuzilishi, faol markazlari, faollikka ta’sir etuvchi omillar va ularning fiziologik roli haqida batafsil ma’lumot berilgan. Shuningdek, ba’zi fermentlar tanqisligi yoki genetik nuqsonlar sababli yuzaga keladigan metabolik kasalliklar, ularning simptomlari va davolash yo‘llari tahlil qilinadi. Fermentlar faolligini saqlash va tartibga solishning ahamiyati, ularning dorivor vosita sifatida qo‘llanilishi ham muhokama qilingan. Maqola tibbiyot, biokimyo va farmatsevtika sohalarida tahsil olayotgan talabalar hamda ilmiy izlanish olib borayotgan mutaxassislar uchun mo‘ljallangan.
References
1. A.A. Troshin – “Biologiya: Umumiy kurs”, Fan nashriyoti, Toshkent, 2017.
2. R.M. Xudoyberdiyev – “Odam va hayvonlar fiziologiyasi”, O‘zbekiston Milliy Universiteti, 2020.
3. Nelson, D. L., & Cox, M. M. – “Lehninger Principles of Biochemistry”, 7th ed., W.H. Freeman, 2017.
4. Campbell, N. A., et al. – “Biology”, 11th Edition, Pearson Education, 2019
https://www.sciencedirect.com.
5. Solov'yev, A. N. (2018). Biokimyo asoslari. Moskva: GEOTAR-Media.
6. Lehninger, A. L., Nelson, D. L., & Cox, M. M. (2017). Principles of Biochemistry (7th ed.). W.H. Freeman and Company.
7. Qodirov, I. N. (2020). Inson organizmidagi biologik jarayonlar. Toshkent: Fan va texnologiya.