ALISHER NAVOIY RUBOIYLARIDA SO‘Z SEHRI VA BADIIY SAN’ATLAR XILMA-XILLIGI
PDF

Keywords

Alisher Navoiy, ruboiy, she’riy san’at, tajnis, kitobat, istixroj, tanosub, estetik prinsip

Abstract

So‘z mulkining sultoni, turkiy she’riyat dahosi Nizomiddin Mir Alisher Navoiyning ruboiylari o‘zining chuqur ma’nosi, estetik go‘zalligi va badiiy san’atlarning xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Mazkur maqolada Navoiyning ayrim ruboiylari tahlili va so‘z san’atining qanday ifodalanishi, uning lirizmi va tasviriyligi tahlil etiladi. Ruboiylarida muallif hayot, muhabbat, tabiat va insonning ichki dunyosiga oid fikrlarni o‘ziga xos uslubda bayon etadi. Shuningdek, maqolada Navoiyning she’riyatidagi metaforalar, simvollar va ritmlarning ahamiyati ko‘rib chiqiladi. Alisher Navoiyning ijodi orqali o‘quvchilarga so‘zning kuchi va uning inson ruhiyatiga ta’siri haqida chuqurroq tushuncha berish maqsad qilingan. Maqola badiiy tafakkur va ijodkorlikni rivojlantirishda Navoiyning o‘rnini yoritishga ham xizmat qiladi.

PDF

References

Alisher Navoiy. Xazoyin ul-maoniy. TAT. 10 jildlik. –Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi NMIU, 2011. 1-4-j

2. Istiqlol davri o'zbek navoiyshunosligi. 30 jildlik, 17-jild. –Toshkent:2022

3. Sirojiddinov S, Yusupova D, Davlatov O. Navoiyshunoslik. –Toshkent: Tamaddun, 2018

4. Hojiahmedov A. Mumtoz badiiyat malohati. –Toshkent: Sharq, 1990