TALABALARNING INDIVIDUAL IJODIY QOBILIYATLARINI QALAMTASVIR MASHQLARI ORQALI RIVOJLANTIRISH
PDF

Keywords

qalamtasvir, individual qobiliyat, ijodiy rivojlanish, badiiy fikrlash, mustaqil faoliyat, grafik mashqlar, naturani kuzatish, ijodiy yondashuv, talaba shaxsi, tasviriy san’at ta’limi.

Abstract

: Maqolamda asosan qalamtasvir mashqlari orqali talabalarning individual ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish imkoniyatlari tadqiq etiladi. Ishda talabalarning badiiy fikrlashini faollashtirish, mustaqil tasviriy yechimlar topish va shaxsiy yondashuvini namoyon etishga xizmat qiladigan o‘quv topshiriqlarining mazmuni o‘rganiladi. Shuningdek, erkin chizish mashqlari, turli shakllarni kuzatish, naturani o‘ziga xos tarzda talqin qilish hamda grafik vositalardan maqsadli foydalanishning ijodiy faoliyatga ta’siri tahlil qilinadi. Mashg‘ulotlarni tashkil etishda talabalarning qiziqishlari, tayyorgarlik darajasi va individual ishlash xususiyatlarini hisobga olish masalalariga e’tibor qaratiladi. Tadqiqot natijalari qalamtasvir darslarida ijodiy mustaqillikni qo‘llab-quvvatlash, talabalarning shaxsiy imkoniyatlarini yuzaga chiqarish va amaliy ta’lim samaradorligini oshirishga qaratilgan metodik tavsiyalar ishlab chiqishda foydalanilishi mumkin.        

PDF

References

Axmedov M.B. Qalamtasvir. — Toshkent: IJOD-NASHR, 2025.

2. Maxkamova S.B. Qalamtasvir. — Toshkent: ILM-ZIYO ZAKOVAT, 2025.

3. Axmedov M., Xasanova M. Qalamtasvir. — Toshkent: IJOD-PRINT, 2021.

4. Jabbarov B.G‘. Akademik qalamtasvir asoslari. — Toshkent: Innovatsiya-Ziyo, 2022. 5. Djalilova R.K. Akademik qalamtasvir asoslari. — Farg‘ona: Farg‘ona nashriyoti, 2024.

6. Abdirasilov S.F. Tasviriy san’at o‘qitish metodikasi. — Toshkent: Fan va texnologiya, 2012.

7. Abdirasilov S.F. Tasviriy san’at o‘qitish metodikasi. — Toshkent: InnovatsiyaZiyo, 2021.

8. Tolipov N., Abdirasilov S. Tasviriy san’at o‘qitish metodikasi. — Toshkent: Aloqachi, 2007.

9. Oripov B.N. Tasviriy san’atni o‘qitishning zamonaviy pedagogik texnologiyasi, didaktikasi va metodikasi. — Toshkent: Ilm-ziyo, 2013.

10. Hasanov R. Maktabda tasviriy san’at o‘qitish metodikasi. — Toshkent: Fan, 2004.