YOSHLARNING TADBIRKORLIKKA MOYILLIGI OMILLARINING EKONOMETRIK TAHLILI VA MENTORLIKKA ASOSLANGAN TASHKILIYIQTISODIY MEXANIZM
PDF

Keywords

yoshlar tadbirkorligi, ekonometrik model, mentorlik, tashkiliy-iqtisodiy mexanizm, «3T» modeli, Orolboʻyi mintaqasi.

Abstract

Maqolada Orolboʻyi mintaqasida yoshlarning tadbirkorlikka moyilligiga ta'sir etuvchi omillar koʻp omilli ekonometrik modellar (ordered logit, binar logit va besh omilli regressiya) asosida baholanadi. Tahlil natijalariga koʻra, mentorlik va muvaffaqiyatli namunalar eng kuchli omil (β*=0,286; p=0,003) boʻlib chiqdi, koʻp martalik ixtisoslashgan biznes-ta'lim esa yoshlarning biznes-reja yoki faol biznesga ega boʻlish imkoniyatini 5,8 marta oshiradi. Ushbu empirik natijalar asosida mentorlik tizimini markaziy element sifatida oʻz ichiga olgan "Tadbirkorlik - Tajriba - Ta'lim xizmatlari sifati" («3T») tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi taqdim etiladi.

PDF

References

Muallif hisob-kitoblari. Pilot soʻrovnoma, 2026-yil iyun (Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati, n=467; tahlilga kiritilgan n=430). Hisob-kitoblar Python 3 statsmodels kutubxonasida bajarilgan.

2. Muallif hisob-kitoblari. Asosiy soʻrovnoma, 2026-yil sentyabr (Google Forms platformasi, n=221; tahlilga kiritilgan n=196). Hisob-kitoblar Python 3 statsmodels kutubxonasida bajarilgan.

3. Muallif ishlanmasi ("Tadbirkorlik - Tajriba - Ta'lim xizmatlari sifati" («3T») takomillashtirilgan tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi).

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ-60-son qarori.