SIMULYATSIYALASHGAN O‘QUV MASHG‘ULOTLARI: KASBIY TAYYORGARLIKNI TAKOMILLASHTIRISH OMILI
PDF

Keywords

simulyatsiya ta’limi, simulyatsiya o‘quv markazi, migratsiya, personallashtirish, kasbiy tayyorgarlik, elektron identifikatsiya, biometrik ma’lumotlar, axborot texnologiyalari, amaliy ko‘nikmalar, xizmat madaniyati, axborot xavfsizligi, ssenariy asosida o‘qitish.

Abstract

Maqolada ichki ishlar organlari xodimlarining migratsiya va personallashtirish sohasidagi kasbiy tayyorgarligini zamonaviy simulyatsiya texnologiyalari asosida takomillashtirish masalalari yoritilgan. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida Koreya Respublikasining KOICA tashkiloti bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan simulyatsiya o‘quv markazining imkoniyatlari, uning funksional zonalari va o‘quv jarayonini tashkil etish mexanizmlari tahlil qilingan. Koreya Respublikasi, Singapur, Yaponiya, Germaniya, AQSh va boshqa rivojlangan davlatlar tajribasi asosida migratsiya va personallashtirish xizmati xodimlarini amaliy tayyorlash, elektron identifikatsiya, biometrik ma’lumotlarni olish, axborot tizimlaridan foydalanish, fuqarolar bilan muloqot qilish hamda murakkab vaziyatlarda qaror qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan. Simulyatsiya xonalarini jihozlash, o‘quv ssenariylarini ishlab chiqish, video tahlil va elektron baholash tizimlarini joriy etish, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish hamda axborot xavfsizligi talablarini o‘quv jarayoniga integratsiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Taklif etilayotgan yondashuv ichki ishlar organlari xodimlarining amaliy kompetensiyalarini oshirish, xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash va real xizmat jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatolarning oldini olishga xizmat qiladi.

PDF

References

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 19 yanvardagi “Ichki ishlar organlarining migratsiya va personallashtirish sohasidagi faoliyatini raqamlashtirish orqali sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-14-son qarori.

2. O‘zbekiston Respublikasi “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonuni, 2019 yil 2 iyul, O‘RQ-547-son.

3. O‘zbekiston Respublikasi “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi Qonuni, 2015 yil 9 dekabr, O‘RQ-395-son.

4. O‘zbekiston Respublikasi “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonuni, 2016 yil 16 sentyabr, O‘RQ-407-son.

5. Ministry of the Interior and Safety, Republic of Korea. Digital Government and Public Services in Korea. Seoul: Ministry of the Interior and Safety.

6. OECD. Digital Government Review of Korea: Towards a Data-Driven Public Sector. Paris: OECD Publishing.

7. OECD. Digital Government Review of Singapore: Towards a Citizen-Centric Digital Government. Paris: OECD Publishing.

8. International Organization for Migration (IOM). World Migration Report 2024. Geneva: International Organization for Migration, 2024.

9. World Bank. GovTech Maturity Index 2022 Update: Trends in Public Sector Digital Transformation. Washington, DC: World Bank, 2022.

10. United Nations. United Nations E-Government Survey 2024: Accelerating Digital Transformation for Sustainable Development. New York: United Nations, 2024.

11. Salas E., Wildman J. L., Piccolo R. F. Using Simulation-Based Training to Enhance Organizational Learning and Performance. — Human Resource Management Review.

12. Lateef F. Simulation-based learning: Just like the real experience. — Journal of Emergencies, Trauma, and Shock, 2010.

13. Gaba D. M. The future vision of simulation in health care. — Quality and Safety in Health Care, 2004.

14. International Organization for Standardization. ISO/IEC 27001:2022 — Information security, cybersecurity and privacy protection — Information security management systems — Requirements. Geneva: ISO, 2022.

15. European Union. General Data Protection Regulation (GDPR), Regulation (EU) 2016/679. Brussels, 2016.