XALQARO ARBITRAJ SUDLARIDA IKKI TOMONLAMA DEONTOLOGIYA ISSUARLARI VA UNING AMALIY AHAMIYATI
PDF

Keywords

xalqaro arbitraj, deontologiya, ikki tomonlama deontologiya, kasbiy axloq, advokatlik etikasi, IBA qoidalari, manfaatlar to‘qnashuvi, dalillarni oshkor qilish, guvohlarni tayyorlash, xalqaro tijorat arbitraji.

Abstract

Ushbu ilmiy maqolada xalqaro tijorat va investitsiyaviy arbitraj tizimida burch, mas’uliyat va kasbiy axloq normasi sifatida namoyon bo‘luvchi deontologiyaning nazariy va amaliy jihatlari atroflicha tadqiq etiladi. Tadqiqot xalqaro arbitrajda vujudga keladigan “ikki tomonlama deontologiya” (double deontology) muammosiga va uning xalqaro arbitraj jarayonlarining adolatliligi, shaffofligi hamda samaradorligiga ko‘rsatadigan ta’siriga bag‘ishlangan. Xalqaro arbitrajda har bir vakil o‘zi a’zo bo‘lgan milliy advokatlar palatasining kasbiy axloq qoidalariga bo‘ysunadi. Biroq, bir vaqtning o‘zida turli huquq tizimlaridan kelgan advokatlarning yagona arbitraj majlisida ishtirok etishi natijasida axloqiy va huquqiy talablarning to‘qnashuvi vujudga keladi. Maqolada ushbu to‘qnashuvlarning kelib chiqish sabablari, xususan, Anglo-sakson va Kontinental huquq oilalariga mansub advokatlar o‘rtasidagi axloqiy standartlar tafovuti, guvohlarni tayyorlash, dalillarni oshkor qilish va manfaatlar to‘qnashuvi masalalari tahlil qilingan. Shuningdek, IBA, Xalqaro Advokatlar Assotsiatsiyasi va LCIA, London Xalqaro Arbitraj Sudi kabi xalqaro institutsional tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan universal etik kodekslar hamda amaliy tavsiyalar atroflicha o‘rganilgan. Maqola yakunida ushbu ikki tomonlama va ko‘p tomonlama deontologik ziddiyatlarni bartaraf etish, xalqaro arbitrajda yagona etika standartlarini joriy qilish va O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro Tijorat Arbitraj Markazi amaliyoti uchun tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

PDF

References

1. O‘zbekiston Respublikasining Xalqaro tijorat arbitraji to‘g‘risidagi Qonuni. ZRU-674-son. 2021-yil 16-fevral. Toshkent: Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 2021.

2. Bishop R. D., Margolis M. Ethics in International Arbitration. Oxford: Oxford University Press, 2014. 480 p.

3. Born G. B. International Commercial Arbitration. 3rd edition. Deventer: Kluwer Law International, 2021. 4250 p.

4. Gaillard E., Savage J. Fouchard, Gaillard, Goldman on International Commercial Arbitration. Hague: Kluwer Law International, 1999. 1280 p.

5. IBA Guidelines on Party Representation in International Arbitration. Adopted by a resolution of the IBA Council. London: International Bar Association, 2013. 28 p.

6. IBA Guidelines on Conflicts of Interest in International Arbitration. Adopted by a resolution of the IBA Council. London: International Bar Association, 2014. 32 p.

7. LCIA Arbitration Rules. Effective 1 October 2020. London: London Court of International Arbitration, 2020. 48 p.

8. Park W. W. Arbitrators and Accuracy: The Goal of Correctness in Dispute Resolution // Arbitration International. 2010. Vol. 26, No. 1. P. 2582.

9. Rogers C. A. Ethics in International Arbitration. Oxford: Oxford University Press, 2014. 416 p.

10. Veeder V. V. The 2001 Goff Lecture: The Lawyer’s Duty to the Arbitral Tribunal and the Adversary: The International Law of Unintended Consequences // Arbitration International. 2002. Vol. 18, No. 4. P. 431448.

11. Waincymer J. Procedure and Evidence in International Arbitration. Deventer: Kluwer Law International, 2012. 1374 p.

12. Saidov A. H. Xalqaro huquq: Darslik. Toshkent: Adolat, 2018. 456 b.