Abstract
Mazkur tezisda o‘zbek tilining diniy-ma’rifiy, tarixiy-madaniy va umumxalq leksikasida faol qo‘llanib kelayotgan qabr va mozor leksemalarining lug‘aviy-ma’noviy xususiyatlari tahlil qilinadi. Ushbu birliklarning o‘zaro ma’nodoshligi va farqli jihatlari, ularning nutqdagi qo‘llanish imkoniyatlari, frazeologik birikmalar tarkibidagi ishtiroki hamda tarixiy-etimologik xususiyatlariga e’tibor qaratiladi. Shuningdek, qabr, mozor, qabriston, go‘r, lahad, maqbara, sag‘ana, daxma, ziyoratgoh kabi yaqin ma’noli birliklarning semantik chegaralarini aniqlashga harakat qilinadi. Mazkur terminlarning xalqning tarixiy xotirasi, milliy qadriyatlari va madaniy dunyoqarashi bilan bog‘liqligi ham misollar asosida yoritiladi.
References
1. Begmatov E. O‘zbek toponimikasi. – Toshkent: Fan, 2006.
2. Nafasov T. Oʻzbekiston toponimlari izohi. – Toshkent: Oʻqituvchi, 2005.
3. Qilichev B.E. Onomastics // O‘quv qo‘llanma. – Buxoro, Durdona, 2023. – 180 b.
4. Qilichev B.E., Safarova M.Z. Millat nomlari asosida shakllangan toponimlar. Fanlar va yuqori texnologiyalar xalqaro jurnallari. jild. 1-fevral, 2021 yil, 104-107-betlar.
5. Xayrullayeva M.O.,Xalq, millat, qavm va urugʻ nomiga asoslangan toponimlar. (Buxoro viloyati Vobkent tumani misolida).Yosh tadqiqotchi jurnali, 1(4), 835–839.29.05.2022.
6. Xayrullayeva M.O., Toponimlarning shakllanishi va yasalishi bilan bog‘liq ayrim mulohazalar. Til va adabiyot.uz elektron jurnal. 20-son – T, 2025, 229-bet
7. Xayrullayeva M.O., Vobkent toponimi va tarixi. “Xalq maqollari nazariy tadqiqining dolzarb muammolari” xalqaro ilmiy-amaliy anjuman to‘plam. – Buxoro. 2025. 260-bet
8. Xayrullayeva M.O., Vobkent tumanidagi ayrim etnotoponimlar. Ilm vaqti. 4-tom, 3/2-son. Nukus.2026. 178–180-betlar