Abstract
Ushbu maqolada sinflar kesimida o‘quvchilarning yosh xususiyatlari hamda ularning tasviriy faoliyatdagi namoyon bo‘lishi ilmiy-pedagogik jihatdan ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda boshlang‘ich ta’lim bosqichidagi o‘quvchilarning psixologik va fiziologik rivojlanish xususiyatlari, tasviriy faoliyatga bo‘lgan qiziqishi, ijodiy fikrlashi, tasvir yaratish ko‘nikmalari hamda yoshga bog‘liq individual farqlari o‘rganiladi. Shuningdek, turli sinf o‘quvchilarining rasm chizish jarayonidagi tasviriy ifoda vositalaridan foydalanish darajasi, rang tanlovi, kompozitsion yechimlari va ijodiy yondashuvlari o‘zaro taqqoslanadi. Tadqiqot natijalari tasviriy san’at darslarini o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil etish, samarali pedagogik metodlarni tanlash hamda ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi.
References
1. Bulatov S.S. Tasviriy san’at asoslari. – Toshkent: O‘qituvchi, 2010. – 256 b.
2. Hasanov R., Xayrov R. O'quvchi qobiliyati, tashxis va tabaqalashtirilgan ta'lim. // Maktab va hayot.- 2010. -N27-8 (75-76)
3. Xasanov R.R. Tasviriy san’atni o‘qitish metodikasi. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2014. – 224 b.
4. Tasviriy san'at. Umumiy O‘rta ta’lim maktablaring 5-sinfi uchun darslik / Kuziev T., Abdirasilov A., Nurtoev O‘., Sulaymonov A. — T.: O'zbekiston.2015. -128 b.
5. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasi -T.: Lex.uz. 2019.
6. Begmatov A. “O‘qituvchida kreativ yondashuv madaniyatini shakllantirish”. // “Xalq ta’limi”, 2020
7. Islomova Z. “Pedagogik texnologiyalar asosida ijodiylikni shakllantirish”. – 2021.