Abstract
Mazkur maqolada tarbiyaning inson kamolotidagi o‘rni, oila tarbiyasining ma'naviy-axloqiy asoslari hamda milliy qadriyatlar negizida barkamol avlodni voyaga yetkazishning pedagogik va ijtimoiy ahamiyati yoritilgan. Tarbiya jamiyat taraqqiyoti va shaxs kamolotining muhim omili sifatida tahlil qilinib, uning uzluksizligi, tizimliligi hamda oila, mahalla va ta'lim muassasalari hamkorligiga asoslanganligi ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Shuningdek, Sharq mutafakkirlari, xususan, Abu Ali ibn Sino hamda jadid ma'rifatparvari Abdulla Avloniyning tarbiya haqidagi pedagogik qarashlari qiyosiy tahlil qilinib, ularning zamonaviy ta'lim-tarbiya tizimidagi dolzarbligi ochib berilgan. Maqolada ota-onaning farzand tarbiyasidagi mas'uliyati, shaxsiy namunaning tarbiyaviy ta'siri, milliy va umuminsoniy qadriyatlarning uyg‘unligi hamda diniy-ma'rifiy merosning yoshlar tarbiyasidagi o‘rni keng yoritilgan. Tadqiqot davomida tavsifiy, tahliliy va qiyosiy metodlardan foydalanildi. Olingan natijalar shuni ko‘rsatadiki, komil insonni shakllantirishning asosiy omili uzluksiz, maqsadli va qadriyatlarga tayangan tarbiya tizimi bo‘lib, u shaxsning intellektual salohiyati, axloqiy fazilatlari, fuqarolik mas'uliyati va vatanparvarlik tuyg‘ularining shakllanishiga xizmat qiladi. Zamonaviy globallashuv, axborot oqimining kuchayishi va madaniyatlararo integratsiya sharoitida yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiq, mustaqil fikrlaydigan hamda yuksak ma'naviyatli etib tarbiyalash davlat va jamiyat oldidagi ustuvor vazifalardan biri ekanligi ta'kidlanadi.References
1. Abu Ali ibn Sino. (1980). Tib qonunlari. Toshkent: Fan.
2. Qur'oni karim. Toshkent: Hilol-Nashr.
3. Hadis. Imom Muhammad al-Buxoriy. Al-Jome' as-Sahih. Toshkent: Hilol-Nashr.
4. Mirziyoyev, Sh. M. (2021). Yangi O‘zbekiston strategiyasi. Toshkent: O‘zbekiston.
5. Musurmonova, O. (2016). Oila pedagogikasi. Toshkent: O‘qituvchi.
6. Hasanboyev, J., Hasanboyeva, O., & Hamidov, H. (2020). Pedagogika. Toshkent: Fan va texnologiya.