Abstract
Mazkur maqolada jadid ma’rifatparvari Abdurauf Fitrat ijodida sharqona odob-axloq va oilaviy munosabatlar masalalarining badiiy hamda pedagogik talqini tahlil qilinadi. Adibning “Oila” asari va boshqa ilmiy-publitsistik merosi asosida oilaning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, ota-ona mas’uliyati, farzand tarbiyasi, er-xotin o‘rtasidagi hurmat va ma’naviy muhitning ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, Fitrat qarashlarida milliy qadriyatlar, sharqona tarbiya an’analari va ma’rifatparvarlik g‘oyalarining uyg‘unligi ochib beriladi. Maqolada adibning axloqiy qarashlari yosh avlodni komil inson ruhida tarbiyalash, oilada sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish hamda milliy tarbiya tizimini rivojlantirishdagi pedagogik ahamiyati ilmiy asosda bayon etiladi. Tadqiqot natijasida Fitrat ijodi bugungi kunda ham oilaviy tarbiya, ma’naviyat va axloqiy kamolot masalalarini o‘rganishda muhim manba ekanligi asoslanadi.
References
1) Abdurauf Fitrat. Oila yoki oila boshqarish tartiblari. / Tanlangan asarlar. IV jild. - Toshkent: “Ma’naviyat”, 2006. - B.214
2) Болтабоев Ҳ. Хорижий фитратшуносликдан лавҳалар / Фитрат ва жадидчилик. Миллий кутубхонаси нашриёти, 2007. - Б. 225-273.
3) Болтабоев Ҳ. ХХ аср бошлари ўзбек адабиётшунослиги ва Фитратнинг илмий мероси: Филол. фанлари долтори дисс. Тошкент, 1996. 33-B.
4) Наврўзова Г.Н., Абдурауф Фитратнинг “Оила” асарининг бугунги кундаги аҳамияти // Фалсафа ва ҳуқуқ фанларининг долзарб масалалари // Республика илмий-амалий конференция материаллари тўплами. 1-китоб. Т.-2010. –Б. 54-56.
5) Қосимов Б. Маслакдошлар: Беҳбудий, Ажзий, Фитрат. Тошкент: Шарқ НМК, 1994. Б. 74
6) Raхmonova M. A. Abdurauf Fitratning ma’naviy-axloqiy qarashlarining yoshlar tarbiyasidagi o‘rni 09.00.03 – falsafa tarixi falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. Buxoro – 2024. 56-B.
7) Raximova M. “Abdurauf Fitratning axloqiy-falsafiy ta’limoti”. Diss. Avto. Samarqand – 2022. 56-B.
8) Yusupov E. Inson kamolotining ma’naviy asoslari. - Т.: Universitet, 1998, 184-b.