SU’NIY INTELLEKT VA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA FAN VA TA’LIMNING BARQAROR RIVOJLANISHI
PDF

Keywords

sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar, ta’lim tizimi, maktabgacha ta’lim, maktab ta’limi, oliy ta’lim, shaxsiylashtirilgan ta’lim, masofaviy ta’lim, ta’lim sifati.

Abstract

Ushbu maqolada hozirgi globallashuv va sun’iy intellektning ta’lim tizimidagi o‘rni keng tahlil qilinadi. Xususan, sun’iy intellekt texnologiyalarining maktabgacha ta’lim bog‘cha, umumiy o‘rta ta’lim maktab va oliy ta’lim universitet bosqichlarida qo‘llanilishi, ularning ta’lim sifati va samaradorligiga ta’siri batafsil yoritilgan. Maqolada har bir bosqichda sun’iy intellektning o‘ziga xos jihatlari, afzalliklari hamda mavjud muammolari misollar asosida tahlil etilgan. Shuningdek, ta’lim jarayonini individuallashtirish, avtomatlashtirish va innovatsion rivojlantirishda sun’iy intellektning ahamiyati asoslab berilgan. Tadqiqot natijasida sun’iy intellekt ta’lim tizimini modernizatsiya qilishda muhim omil ekanligi hamda undan samarali foydalanish uchun inson omili bilan uyg‘unlik zarurligi xulosasi ilgari surilgan.

PDF