Abstract
Ushbu ilmiy maqolada epifiz bezi tomonidan ishlab chiqariladigan asosiy gormon — melatoninning inson suyak-tayanch tizimidagi biologik va fiziologik roli atroflicha tahlil qilinadi. Melatonin uzoq vaqt davomida faqat sirkad ritmlarni (uyqu va uygʻoqlik siklini) boshqaruvchi omil sifatida qaralgan boʻlsa-da, soʻnggi yillardagi molekulyar va genetik tadqiqotlar uning suyak metabolizmida ham hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini koʻrsatdi. Maqolada melatoninning suyak toʻqimasini qayta shakllanishi (remodeollanishi) jarayonidagi ishtiroki, osteoblastlar differensiasiyasini ragʻbatlantirishi hamda osteoklastlar faolligini tormozlashi mexanizmlari yoritilgan. Shuningdek, melatoninning antioksidantlik xususiyatlari orqali suyak hujayralarini oksidativ stressdan himoya qilish imkoniyatlari va osteoporoz kabi tizimli kasalliklarning oldini olish hamda davolashdagi klinik istiqbollari muhokama qilingan. Maqola suyak regeneratsiyasi sohasidagi yangi terapevtik yondashuvlarni oʻrganayotgan tadqiqotchilar uchun muhim nazariy manba boʻlib xizmat qiladi.
References
Amstrup, A. K., Sikjaer, T., & Rejnmark, L. (2015). Epifiz bezini tadqiq qilish jurnali (Journal of Pineal Research), 59(1), 1–10.
2.Maria, S., & Witt-Enderby, P. A. (2014).Melatonin tadqiqotlari (Melatonin Research), 23(4), 411–423.
3.Sanchez-Barcelo, E. J., Mediavilla, M. D., & Tan, D. X. (2010). Zamonaviy tibbiy kimyo (Current Medicinal Chemistry), 17(19), 2070–2081.
4.Sharan, K., Lewis, K., & Voelckel, J. (2017). Suyak va mineral almashinuvi (Bone and Mineral Metabolism), 35(3), 245–256.
5.Tresguerres, I. F., Tamimi, F., & Marin, O. (2012). Klinik periodontologiya jurnali (Journal of Clinical Periodontology), 39(8), 779–788.