Abstract
Mazkur maqolada Renessans davrida fransuz tilining leksik jihatdan boyish jarayoni ilmiy-nazariy asosda tahlil qilinadi. Xususan, XVI asrda Yevropada yuzaga kelgan gumanistik harakat, antik madaniyatga qaytish jarayoni hamda yunon, lotin va italyan tillaridan kirib kelgan leksik birliklarning fransuz tili taraqqiyotiga ta’siri yoritiladi. Maqolada fransuz tilining o‘rta asrlardagi cheklangan mavqei, Renessans davrida milliy til sifatida qadrlanishi, ilmiy va adabiy nutq vositasi sifatida shakllanishi izchil ochib beriladi. Shuningdek, Joashem dyu Belle va “La Pléiade” adabiy guruhi vakillarining fransuz tilini boyitish borasidagi qarashlari ham tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, Renessans davrida amalga oshgan leksik boyish fransuz tilining keyingi asrlarda davlat, diplomatiya, ilm-fan va madaniyat tili sifatida mustahkamlanishiga muhim asos yaratgan.
References
1. Арнольд И. В. Лексикология современного английского языка. – Москва: Флинта, 2012. – 376 с.
2. Brunot F. Histoire de la langue française. – Paris: Armand Colin, 1966. – 312 p.
3. Бурхударов Л. С. Язык и перевод. – Москва: Международные отношения, 1975. – 240 с.
4. Calvet L.-J. La sociolinguistique. – Paris: Presses Universitaires de France, 2017. – 128 p.
5. Crystal D. The Cambridge Encyclopedia of Language. – Cambridge: Cambridge University Press, 2010. – 524 p.
6. Dubois J. Dictionnaire de linguistique. – Paris: Larousse, 2002. – 514 p.
7. Гак В. Г. Французский язык. – Москва: Высшая школа, 2000. – 335 с.
8. Lodge R. A. A Sociolinguistic History of Parisian French. – Cambridge: Cambridge University Press, 2004. – 336 p.
9. Mahmudov N. Til va nutq madaniyati. – Toshkent: Ma’naviyat, 2013. – 176 b.
10. Martinet A. Éléments de linguistique générale. – Paris: Armand Colin, 2008. – 224 p.