YUQORI SINF O‘QUVCHILARIDA SHAXSLARARO MUNOSABATLARNING DIFFERENSIYALASHUVI: PSIXOLOGIK OMILLAR VA RIVOJLANISH DINAMIKASI
PDF

Keywords

shaxslararo munosabatlar, differensiyalashuv, o‘smirlik davri, psixologik omillar, emotsional intellekt, ijtimoiy moslashuv, kommunikativ kompetensiya

Abstract

Mazkur maqolada umumta’lim maktablarining yuqori sinf o‘quvchilarida shaxslararo munosabatlarning differensiyalashuvi jarayoni kompleks psixologik yondashuv asosida tahlil etiladi. Tadqiqotda o‘smirlik davrining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari, xususan, shaxsning o‘zini anglash darajasi, emotsional sohadagi o‘zgarishlar, mustaqillikka intilish va tengdoshlar bilan o‘zaro ta’sir mexanizmlari chuqur yoritilgan. Shuningdek, temperament, xarakter, introversiya-ekstraversiya kabi individual psixologik farqlar hamda emotsional intellekt darajasining shaxslararo munosabatlar shakllanishi va differensiyalashuviga ta’siri ilmiy jihatdan asoslab beriladi.

Maqolada shaxslararo munosabatlarning selektivlik xususiyati, ya’ni o‘quvchilarning ijtimoiy aloqalarni tanlash va differensiyalash jarayoni rivojlanish dinamikasi nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. Shu bilan birga, ijtimoiy muhit omillari – oila, maktab va tengdoshlar guruhining roli ham alohida e’tiborga olinadi. Tadqiqot natijalari yuqori sinf o‘quvchilarida kommunikativ kompetensiya va ijtimoiy moslashuv darajasi ortishi bilan shaxslararo munosabatlar yanada sifat jihatidan chuqurlashib borishini ko‘rsatadi.

PDF

References

1. Андреева Г.М. Социальная психология. – Москва: Аспект Пресс, 2018.

2. Божович Л.И. Личность и ее формирование в детском возрасте. – Санкт-Петербург: Питер, 2009.

3. Айзенк Г.Ю. Структура личности. – Москва: Эксмо, 2017.

4. Гоулман Д. Эмоциональный интеллект. – Москва: Манн, Иванов и Фербер, 2020.

5. Мудрик А.В. Социальная педагогика. – Москва: Академия, 2016.

6. Қодиров Б. Педагогик психология. – Тошкент: Ўқитувчи, 2015.

7. Ғозиев Э.Ғ. Психология. – Тошкент: Ўқитувчи, 2010.

8. Давлетшин М.Г. Umumiy psixologiya. – Тошкент: Universitet, 2012.

9. Karimova V.M. Ijtimoiy psixologiya asoslari. – Тошкент: Fan, 2018.

10. Santrock J.W. Adolescence. – New York: McGraw-Hill Education, 2019.

11. Hurlock E.B. Developmental Psychology: A Life-Span Approach. – New York: McGraw-Hill, 2017.

12. Goleman D. Emotional Intelligence: Why It Can Matter More Than IQ. – New York: Bantam Books, 2005.