Abstract
Adabiyot o‘qitishda sun’iy intellekt asosida yaratilgan raqamli vositalar Ushbu maqolada maktab adabiyot darslarini tashkil etishda sun’iy intellekt (SI) texnologiyalaridan foydalanishning pedagogik samaradorlikka ta’siri ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Xususan, sun’iy intellekt vositalarining o‘quvchilarning badiiy asarlarni idrok etish, tahlil qilish va mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi o‘rni yoritiladi. Tadqiqotda SI tushunchasiga ta’rif berilib, uning asosiy funksiyalari, ya’ni ma’lumotlarni qayta ishlash, matnlarni tahlil qilish, tavsiyalar berish va interaktiv o‘qitish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, sun’iy intellektning badiiy asarlarni tahlil qilishdagi imkoniyatlari — obrazlar tizimini aniqlash, syujet va kompozitsiyani tahlil etish, muallif g‘oyasini izohlash kabi jihatlari ilmiy asosda baholanadi. Maqolada ChatGPT, Gemini QuillBot, Canva, Claude kabi zamonaviy SI vositalarining adabiyot darslarining turli bosqichlarida, jumladan, yangi mavzuni tushuntirish, mustahkamlash, ijodiy topshiriqlarni bajarish va baholash jarayonlarida qo‘llanilish mexanizmlari ham tahlil etiladi.
Natijada, sun’iy intellekt texnologiyalaridan samarali foydalanish o‘qitish jarayonini individuallashtirish, o‘quvchilarning faolligini oshirish hamda dars samaradorligini sezilarli darajada yuksaltirishga xizmat qilishi ilmiy xulosalar asosida asoslab beriladi.
References
Axrorjon, Y., Alijon, M., & Iqlima, A. (2022). Faol texnologiyalarni o’smirlar psoxologiyasiga ta‟siri. Ta‟lim fidoyilari, 13(6), 263-266.
2. Axrorjon, Y., Nozima, Z., & Muhtaram, J. (2022). KITOBNING INSON MA‟NAVIY VA AQLIY KAMOLOTIDAGI O‟RNI.
3. Rakhimov, M., Yuldashev, A., & Solidjonov, D. (2021). The role of artificial intelligence in the management of e-learning platforms and monitoring knowledge of students. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(9), 308-314.
4. Yoldashev, A. E. O., Nishonqulov, S. F. O., & Yoldasheva, M. R. Q. (2021). TA'LIMDAGI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI. Scientific progress, 2(3), 806813.
5. Yo’ldashev, A., & Nazarova, G. (2022). Boshlang‟ich ta‟lim о‟quvchilarini kasbga yо‟naltirishda dastlabki pedagogik jarayonlar. Science and Education, 3(6), 618-623.
6. Zulxumor Mirzayeva, Komil Jalilov "Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-sinfi uchun darslik" Toshkent – 2022