Abstract
Ushbu maqolada milliy bayramlar kontekstida madaniy xilma-xillik va madaniy merosni anglash masalalari qiyosiy yondashuv asosida tahlil qilinadi. Turli xalqlarning milliy bayramlari ularning tarixiy xotirasi, qadriyatlari va ijtimoiy o‘ziga xosligini aks ettiruvchi muhim madaniy hodisa sifatida ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot jarayonida Koreya va O‘zbekiston davlatlari madaniyatlarining bayram an’analari qiyoslab o‘rganilib, milliy bayramlarning kelib chiqish tarixi, nishonlanish uslubi, tayyorlanadigan taomlari, shuningdek, alohida urf-odatlar orqali umumiy va farqli jihatlar aniqlanadi. Milliy bayramlarning madaniy merosni saqlash, avlodlar o‘rtasida uzviylikni ta’minlash hamda madaniy xilma-xillikni mustahkamlashdagi o‘rni ochib beriladi. Shu bilan birga, maqola globallashuv sharoitida milliy o‘zlikni anglash va madaniy bag‘rikenglikni rivojlantirish masalalarini chuqurroq tushunishga xizmat qiladi.
References
1. Adambayev U. X., Rahimberdiyev S. U. Navro‘z bayrami va uning etnomadaniy ahamiyati // Academic Research in Educational Sciences. – Toshkent, 2022. – Vol. 3. – B. 175–177.
2. Turdiyeva G. K. O‘zbek milliy madaniyati va san’ati tarixida Navro‘z umumxalq bayramining o‘rni // Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami. – Toshkent, 2022. – B. 12–16.
3. Toshpo‘latov T. Milliy qadriyatlar va ijtimoiy taraqqiyot. – Toshkent: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2020. – 216 b.
4. Raxmonova, M. S. Navro‘z – qadimiy an’analar va milliy meros uyg‘unligi // inLibrary.uz ilmiy bazasi. – Toshkent, 2023. – B. 24–28.
5. Guide to Korean Culture: Traditional Korean Lifestyle. – Seoul: Korea Tourism Organization, 2013. – 339 p.
6. Korean Heritage: Seasonal Festive Customs and Folklore. – Seoul: Dong-A Ilbo, 2011. – 124 p.