Abstract
Maqolada Ustrushona tarixiy-madaniy mintaqasida aniqlangan mozorqorg‘onlarning arxeologik tuzilishi, konstruktiv elementlari hamda dafn marosimlari tahlil qilinadi. Qabrlarning katakomba (lahad va dramosli) tipologiyasi, orientatsiyasi, o‘lchovlari va joylashuv xususiyatlari manbalar hamda qazishma ma’lumotlari asosida izohlanadi. Shuningdek, Ustrushona nekropollarida kuzatilgan belgilar Yevrosiyo dashtlaridan kirib kelgan ko‘chmanchi guruhlar (sarmat–yuechji, xun, usun va boshqalar) hamda mahalliy o‘troq dehqon aholi madaniy an’analari o‘zaro ta’siri kontekstida sharhlanadi. Tadqiqot natijalari mozorqorg‘onlar orqali mintaqadagi ijtimoiy tuzilma, etnomadaniy jarayonlar va migratsion aloqalarni rekonstruksiya qilish imkonini ko‘rsatadi.
References
Gritsina A.A. Arxeologik yodgorliklar: Sirdaryo viloyati. Toshkent, 2000. 38-b.
2. Toshboev F.F. Ustrushona mozorqorg‘onlari konstruksiyasi va ularning shakllanishi // O‘zbekiston arxeologiyasi. 2019. №18. 39-b.
3. Toshboev F.E. Qadimgi Ustrushona chorvadorlari madaniyati (arxeologik manbalar asosida). Toshkent: “Fan va ta’lim”, 2022. 8-b.
4. Litvinskiy B.A. Kurganlar va qurumlar: Zarafshon va Farg‘ona dafn marosimlari (etnografiya yoritishida). Moskva, 1972. 58-b.
5. Toshboev F., Pardayev M.X., Gritsina A.A. G‘ulbin mog‘ilnigini o‘rganish // Vestnik MITSAI. Markaziy Osiyo nomadlari madaniyati. Samarqand, 2008. 12-b.