Abstract
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ijodiy fikrlashni rivojlantirishning psixologik mexanizmlari tahlil qilinadi. Boshlang‘ich ta’lim bosqichi shaxsning intellektual va emotsional rivojlanishida muhim davr bo‘lib, aynan shu jarayonda mustaqil, noodatiy va kreativ fikrlash ko‘nikmalari shakllana boshlaydi. Maqolada ijodiy fikrlashning mohiyati, uning tarkibiy qismlari (moslashuvchanlik, originallik, tezkorlik, muammoga yangicha yondashuv) hamda ularning psixologik asoslari yoritiladi. Shuningdek, o‘quv faoliyati, motivatsiya, tasavvur va emotsional muhitning ijodiy tafakkur rivojiga ta’siri ilmiy jihatdan asoslanadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ijodiy fikrlashni shakllantirishda muammoli vaziyatlar yaratish, interfaol metodlardan foydalanish, mustaqil topshiriqlar berish va qo‘llab-quvvatlovchi psixologik muhitni tashkil etish muhim omil ekanligi ko‘rsatib beriladi. Tadqiqot natijalari ijodiy fikrlashni rivojlantirish ta’lim samaradorligini oshirish va shaxsning har tomonlama kamol topishiga xizmat qilishini tasdiqlaydi.
References
1. Lev Vygotsky. Mind in Society. Cambridge: Harvard University Press.
2. Jean Piaget. The Psychology of Intelligence. London.
3. Torrance E.P. Creativity in the Classroom. New York.
4. G‘oziev E.G‘. Umumiy psixologiya. – Toshkent.
5. Davletshin M.G. Yosh va pedagogik psixologiya asoslari. – Toshkent.
6. Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. - T.: O‘zbekiston, NMIU, 2018. – B. 570
7. 2. Raxmatullaeva N.B. Ernazarova M.S Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining nutqini muloqatini rivojlantirish. “Oriental Art and Culture” Scientific-Methodical Journal (3) III/2020. ISSN 2181-063X.-6 s.