O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligining buyruqlarida ko‘zda tutilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2024 yil 22-23 aprel kuni Buxoro muhandislik texnologiya institutida “Raqamli iqtisodiyot sharoitida mintaqalar barqaror rivojlanishining dolzarb muammolari va yechimlari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkaziladi.
Anjumanning ilmiy yo‘nalishi – Raqamli iqtisodiyot sharoitida mintaqalarning barqaror rivojlanish xususiyatlarini tadqiq etish masalalari.
Anjumanning asosiy maqsadi – Raqamlashtirish sharoitida barqaror iqtisodiy rivojlanish xususiyatlarini umumlashtirish va uning ijobiy jihatlarini mamlakatimiz mintaqalarida qo‘llash imkoniyatlariga baho berish.