Abstract
Ushbu maqolada zamonaviy taʼlim jarayonida individual yondashuv va differensial taʼlimning ahamiyati, ularning o‘zaro farqlari hamda pedagogik amaliyotda qo‘llanilish xususiyatlari tahlil qilingan. Maqolada badiiy pedagogika doirasida har ikki yondashuvning samaradorlik darajasi, o‘quvchilarning shaxsiy xususiyatlariga moslashtirilgan o‘qitish metodlari hamda ularning natijalari muhokama qilingan. Ushbu maqolada badiiy ta’lim jarayonida individual va differensial yondashuvlarning mohiyati hamda ularning talabalarda kasbiy madaniyatni shakllantirishdagi o‘rni tahlil qilingan. Shaxsning ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish, estetik didini rivojlantirish va kasbiy kompetensiyalarini mustahkamlashda individual yondashuvning ahamiyati ilmiy asosda yoritilgan. Shuningdek, differensial yondashuv orqali ta’lim oluvchilarning qiziqishlari, tayyorgarlik darajasi va shaxsiy imkoniyatlarini hisobga olgan holda o‘quv jarayonini tashkil etish usullari ko‘rib chiqilgan. Maqolada badiiy ta’limda individual-differensial yondashuv asosida kasbiy madaniyatni shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlari, samarali metodlari va amaliy natijalari tahlil etilib, o‘qituvchi faoliyatida innovatsion yondashuvlarning ahamiyati asoslab berilgan.
References
G‘ofurov K., Pedagogik mahorat. – Toshkent: TDPU, 2022.
2. Abdullaeva G., Shaxsga yo‘naltirilgan taʼlim. – Toshkent, 2021.
3. Xodjayev N. Pedagogik texnologiyalar. – Toshkent: Fan, 2020.
4. Vygotskiy L.S. Pedagogik psixologiya. – Moskva, 1991.
5. Dewey J. Experience and Education. – New York: Macmillan, 1938
6.OECD. Uzbekistan: PISA 2022 natijalari – raqamli o‘qitish vositalaridan foydalanish bo‘yicha hisobot https://www.oecd.org/en/publications/2024/06/pisa-2022-results-volume-iii-country-notes_72b418f8/uzbekistan_a690098e.html.
7. Daryo.uz. Ta’limga ajratilgan byudjet mablag‘lari va infratuzilma rivoji https://daryo.uz/en/2024/02/05/uzbekistan-allocates-over-37bn-for-school-education-development-in-2024